Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 25 noyabr
+13°
qisman bulutli shamol 2 m/s, shimol
ENRU

Pretoriyada otishma: 11 kishi halok bo‘ldi

Dunyo
32
Pretoriyada otishma: 11 kishi halok bo‘ldi
Janubiy Afrikaning Pretoriya shahri yaqinidagi Saulsville tumanida qurolli hujum sodir bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Politsiya bergan ma’lumotlarga ko‘ra, shanba kuni erta tongda uch nafar noma’lum qurollangan shaxs bir guruh odamlar to‘plangan xostelga bostirib kirgan va atrofdagilarga o‘q uzishni boshlagan. Ushbu otishma natijasida kamida 11 kishi halok bo‘lgan, jabrdiydalar orasida uch yoshli bola ham borligi ma’lum qilindi.

Hodisa yuz bergan joy noqonuniy faoliyat yuritayotgan obyekt bo‘lgani aniqlangan. Politsiya vakillarining ta’kidlashicha, bunday noqonuniy joylarda ommaviy otishmalar tez-tez sodir bo‘lmoqda.

Hujum paytida xostelda ichimlik iste’mol qilib o‘tirgan 25 nafar kishidan 14 nafari turli darajada jarohat olgan. So‘nggi yillarda Janubiy Afrikada jinoyatchilik darajasi sezilarli darajada oshgani kuzatilmoqda.

Rasmiy statistikaga ko‘ra, mamlakat dunyodagi eng yuqori qotillik ko‘rsatkichlariga ega davlatlardan biri hisoblanadi. Faqatgina joriy yilning o‘zida politsiya 12 mingdan ortiq noqonuniy ichimlik savdo nuqtalarini yopgan va 18 mingdan ziyod shaxsni hibsga olgan.

Hozircha ushbu hujumni kim uyushtirgani noma’lum. Politsiya gumondorlarni qidirish va voqea sabablarini aniqlash bo‘yicha tergov ishlarini davom ettirmoqda.

Shu bilan birga, mahalliy aholi hushyor bo‘lishga va noqonuniy faoliyat yuritayotgan joylarga bormaslikka chaqirilmoqda.
Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026