Bugun
Marat Mavlonov Taekvondo WT kumush medalga erishdi
+24°
пасмурно ветер 3 м/с, ЮВ
ENRU

Indoneziyada suv toshqinlari 1317 kishini hayotdan olib ketdi

Dunyo
25
Indoneziyada suv toshqinlari 1317 kishini hayotdan olib ketdi
Indoneziyaning Sumatra orolida yuz bergan kuchli suv toshqinlari va ko‘chkilar oqibatida halok bo‘lganlar soni keskin oshdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, tabiiy ofat 1317 kishining hayotiga zomin bo‘lgan, yana 588 kishi bedarak yo‘qolgan. Bu haqda mamlakatning Tabiiy ofatlarni boshqarish milliy agentligi ma’lum qildi.

Ofat oqibatlari og‘ir bo‘lib, uch mingdan ortiq odam jarohat olgan. Sel oqimlari ko‘plab turar joylarni, yo‘l infratuzilmasini va muhim muhandislik inshootlarini vayron qilgan.

Qutqaruvchilar eng ko‘p zarar ko‘rgan hududlarga yetib borishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Mutaxassislarning fikricha, bu halokatli ofatlar bir hafta davom etgan uzluksiz yomg‘irlar natijasida yuzaga kelgan.

So‘nggi ikki hafta ichida Janubiy va Janubi-sharqiy Osiyoda kuzatilgan suv toshqinlari va ko‘chkilar oqibatida 1500 dan ortiq inson hayotdan ko‘z yumgan, qariyb 11 million kishiga zarar yetgan. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Indoneziyada sodir bo‘lgan tabiiy ofatlar paytida o‘zbekistonliklar orasida jabrlanganlar yo‘qligini ma’lum qildi.

O‘xshash yangiliklar

Xitoyning Lyaonin viloyatida topilgan skelet Norellraptor barsboldi dinozavriga tegishli ekani aniqlandi
Xitoyning Lyaonin viloyatida topilgan skelet Norellraptor barsboldi dinozavriga tegishli ekani aniqlandi
Xitoyning Lyaonin viloyatida topilgan juda yaxshi saqlangan skelet avval noma’lum bo‘lgan Norellraptor barsboldi nomli dinozavr turiga tegishli ekani aniqlandi. Uning
DunyoBugun, 04:31
Yaponiya ko'chalaridagi suv kanallarida rangli baliqlar boqilmoqda
Yaponiya ko'chalaridagi suv kanallarida rangli baliqlar boqilmoqda
Yaponiyaning qator kichik shaharlarida ko‘chalarni kesib o‘tuvchi ochiq suv kanallarida rang-barang manzarali baliqlar, xususan, koi karplari suzib yurganiga guvoh bo‘lish mumkin. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 04:16
Tokioda o'zbekistonlik erkak voyaga yetmagan qizga nisbatan nomaqbul harakatda gumonlanmoqda
Tokioda o'zbekistonlik erkak voyaga yetmagan qizga nisbatan nomaqbul harakatda gumonlanmoqda
Yaponiya poytaxti Tokio shahrida O‘zbekiston fuqarosi voyaga yetmagan qizga nisbatan nomaqbul jinsiy harakatlar sodir etganlikda gumonlanib, politsiya tomonidan qo‘lga olindi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoBugun, 03:41
Ummon qirg‘oqlari yaqinida neft tankeriga noma’lum snaryad bilan hujum qilindi
Ummon qirg‘oqlari yaqinida neft tankeriga noma’lum snaryad bilan hujum qilindi
Yaqin Sharq mintaqasidagi strategik dengiz yo‘llarida vaziyat yana keskinlashdi. Joriy yilning 3-oktabr kuni Ummon qirg‘oqlari yaqinida xom neft tashiydigan yirik
DunyoBugun, 03:20
Viktor Orban Ukraina bankiga tegishli mashinalarni musodara qilishda ayblanmoqda
Viktor Orban Ukraina bankiga tegishli mashinalarni musodara qilishda ayblanmoqda
Vengriyaning sobiq bosh vaziri Viktor Orban atrofida yirik siyosiy va jinoiy mojaro avj olmoqda. Nufuzli Financial Times nashri tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, sobiq
DunyoBugun, 02:40
Taniqli psixoterapevt Anatoliy Kashpirovskiy 87 yoshida Moskvada vafot etdi
Taniqli psixoterapevt Anatoliy Kashpirovskiy 87 yoshida Moskvada vafot etdi
Sobiq Ittifoq va Rossiya televideniyesining 1990-yillardagi eng mashhur siymolaridan biri, taniqli psixoterapevt Anatoliy Kashpirovskiy 87 yoshida vafot etdi. U
DunyoBugun, 02:11