ENRU

Beninda harbiy to‘ntarish urinishi muvaffaqiyatsiz yakunlandi

Dunyo
44
Beninda harbiy to‘ntarish urinishi muvaffaqiyatsiz yakunlandi
G‘arbiy Afrika yana siyosiy beqarorlikka yuz tutdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

7-dekabr kuni Beninda o‘zlarini “Qayta qurish bo‘yicha harbiy qo‘mita” deb atagan guruh milliy televideniye orqali chiqish qilib, prezident Patris Talonni hokimiyatdan chetlatganini e’lon qildi. Ular podpolkovnik Tigri Paskalni vaqtinchalik rahbar sifatida ko‘rsatib, mamlakat nazoratini qo‘lga olganini da’vo qildi.

Biroq voqealar kutilganidek davom etmadi. Mahalliy manbalarga ko‘ra, to‘ntarishga bosh-qosh bo‘lgan podpolkovnik Tigri Paskal o‘z mavqeini ushlab qololmadi va qochib ketdi.

Xavfsizlik xizmatlari isyonchilarning qolgan a’zolarini izlash ishlarini davom ettirmoqda. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, isyonchi guruhning bir qismi ham yo‘qolgan.

Prezident Talonning ofisidan berilgan bayonotda vaziyatga aniqlik kiritildi. Unga ko‘ra, bu faqat televideniyeni egallashga uringan kichik bir guruh bo‘lgan.

Armiya qisqa vaqt ichida mamlakatda nazoratni tiklagan, poytaxt va viloyatlar xavfsiz holatga qaytarilgan. Benin prezidenti Patris Talon 67 yoshda bo‘lib, kelasi yili ikki muddatlik faoliyatidan so‘ng lavozimni tark etish niyatini bildirgan edi.

Uning vakolat muddati 2026-yil bahorigacha davom etishi, prezidentlik saylovlari esa 2026-yil aprel oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Benindagi bu to‘ntarish urinishi qo‘shni Gvinee-Bisauda yaqinda sodir bo‘lgan prezident ag‘darilishidan ko‘p o‘tmay yuz berdi.

So‘nggi yillarda Burkina-Faso, Mali, Niger va Gvineyada ham harbiy to‘ntarishlar kuzatilgani mintaqadagi siyosiy barqarorlikka nisbatan xavotirlarni kuchaytirmoqda. G‘arbiy Afrikadagi bu holatlar mintaqadagi siyosiy muammolarning jiddiyligini yana bir bor ko‘rsatmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari soatni orqaga surib qishki vaqtga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari soatni orqaga surib qishki vaqtga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 25 oktyabr kechasi soat millarini bir soat orqaga surib, qishki vaqt rejimiga o'tdi. Bryusselda soat 03:00 da millar 02:00 ga qaytarildi.
DunyoBugun, 01:46
AQSHda o‘zbek fuqarosi 24 ta yuk partiyasini o‘g‘irlashda ayblanib yotir
AQSHda o‘zbek fuqarosi 24 ta yuk partiyasini o‘g‘irlashda ayblanib yotir
AQSH Adliya vazirligi 33 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Nursulton Haydarovga nisbatan kamida 24 ta yirik yuk partiyasini o‘g‘irlash bo‘yicha jinoiy til biriktirish ayblovini e’lon qildi. Bu haqda
DunyoBugun, 01:26
Mask Starlinkda Ukrainaning dron boshqaruvi cheklovini tasdiqladi
Mask Starlinkda Ukrainaning dron boshqaruvi cheklovini tasdiqladi
Ilon Mask Starlink internet tizimidan Ukrainada o‘rta masofaga uchuvchi zarbdor dronlarni boshqarish uchun foydalanish imkoniyatini chekladi. Bu qarorning to‘g‘ridan
DunyoBugun, 00:44
Yaponiya Konstitutsiyasiga tarixiy o'zgarishlar kiritish rejalashtirilgan
Yaponiya Konstitutsiyasiga tarixiy o'zgarishlar kiritish rejalashtirilgan
Yaponiya hukumati Ikkinchi jahon urushi yakunlanganidan buyon o‘zgarishsiz qolayotgan mamlakat Konstitutsiyasiga tarixiy tuzatishlar kiritish yuzasidan rasmiy muzokaralarni boshladi. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 00:09
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya Federatsiyasi rahbariyati Rossiya, AQSH va Ukraina ishtirokidagi uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyorligini rasmiy ravishda e'lon
DunyoKecha, 23:38
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Albaniya poytaxti Tirana shahrida minglab fuqarolar korrupsiya, iqtisodiy qiyinchiliklar va amaldagi hukumat siyosatiga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlarini boshladi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoKecha, 16:59