Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 13 noyabr
+10°
переменная облачность ветер 2 м/с, СЗ
ENRU

Sun’iy intellekt tanqidchisi Sem Kirshner bedarak yo‘qoldi

Dunyo
59
Sun’iy intellekt tanqidchisi Sem Kirshner bedarak yo‘qoldi
Amerikalik faol Sem Kirshner, sun’iy intellektni cheklash harakatlarida faol ishtirok etib kelgan shaxs, ikki haftadan beri bedarak. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

"Atlantic" nashrining xabar berishicha, u sun’iy superintellektni ishlab chiqishni to‘xtatish talabini ilgari surgan Stop AI guruhining asoschilaridan biri hisoblanadi. Kirshner dastlab zo‘ravonlikka qarshi ekanligini ta’kidlab kelgan, biroq keyinchalik bu tamoyildan chekingan.

Shu sababdan guruhdan chetlashtirilgan. Stop AI rahbari Metyu Xollning so‘zlariga ko‘ra, Kirshner oxirgi yig‘ilishlarda jamoa a’zolari bilan tortishgan, hatto moliyaviy masalalarda nizolar kelib chiqqan.

Bu vaziyat guruh a’zolarining politsiyaga murojaat qilishiga sabab bo‘lgan. Fevral oyida Kirshner OpenAI ofisini to‘sib qo‘yish aksiyasida ishtirok etgani uchun sud majlisiga chaqirilgan, ammo u belgilangan vaqtda kelmagan.

Uning uyiga kirilganda, eshik ochiq, velosiped g‘oyib bo‘lgan, lekin telefon va noutbuk joyida qolgan. Bu holat voqeani yanada sirli qilmoqda.

San-Francisco Standard nashri ma’lumotiga ko‘ra, politsiya Kirshner OpenAI xodimlariga tahdid qilgani haqida ikki marta ogohlantirish olganini qayd etgan. Tanishlari esa uning ehtimol chodirda yashirinib yurgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

Bu voqea sun’iy intellekt atrofidagi bahslar avj olgan, mamlakatlar internet va raqamli maydon ustidan nazoratni kuchaytirayotgan bir davrda yuz bermoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026