Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 14 noyabr
+6°
ясно ветер 1 м/с, СВ
ENRU

Qozog‘istonda haydovchisiz yuk mashinalari sinovi boshlanadi

Dunyo
30
Qozog‘istonda haydovchisiz yuk mashinalari sinovi boshlanadi
Qozog‘istonda logistika sohasida yangi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha muhim qadamlar tashlanmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

2027 yildan boshlab mamlakatda haydovchisiz yuk mashinalari tajriba tariqasida yo‘llarda harakatlana boshlaydi. Bu haqda Qozog‘iston transport vaziri Nurlan Sauranbayev ma’lum qildi.

Loyiha doirasida mamlakatda maxsus infratuzilma yaratiladi. Avtomobil yo‘llariga avtonom transport uchun zarur bo‘lgan zamonaviy sensor tizimlari o‘rnatilishi rejalashtirilgan.

Ayni paytda tashabbus qo‘shni davlatlar va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YEOII) hamkorlari bilan muhokama qilinmoqda. Vazirning ta’kidlashicha, haydovchisiz yuk mashinalari chegaradagi navbatlarni qisqartirishga yordam beradi.

Chunki bu turdagi transport vositalari pasport nazorati tizimi bilan integratsiya qilingan bo‘ladi va jarayon tezroq amalga oshadi. Shuningdek, ushbu innovatsiya Qozog‘istonning tranzit salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

Oddiy yuk mashinalarida xarajatlarning katta qismi haydovchilarning maoshi va dam olish muddatlariga bog‘liq bo‘lsa, avtopilotli transport vositalari kunu-tun harakatlanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, bu loyiha mintaqada transport oqimini sezilarli darajada optimallashtiradi.

Shu bilan birga, yuk tashish sohasidagi samaradorlikni oshirishga yordam beradi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026