ENRU

Makka va Madinada suratga olish taqiqlandi

Dunyo
103
Makka va Madinada suratga olish taqiqlandi
Saudiya Arabistoni Haj va Umra vazirligi Makka va Madinadagi ikki muqaddas maskan — Masjid al-Haram va Masjid an-Nabaviyda foto va videotasvirga olishni to‘liq taqiqlash bo‘yicha qaror chiqardi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda vazirlikning rasmiy xabariga asoslanib, “Arabi portal” ma’lumot berdi. Yangi qoidaga ko‘ra, ushbu muqaddas joylarda mobil telefon orqali suratga olish, professional kameralardan foydalanish, videotasvirlarni yozib olish va boshqa har qanday tasvir qurilmalaridan foydalanish man etiladi.

Ushbu cheklov 2026 yilgi Haj mavsumidan boshlab rasman kuchga kirishi kutilmoqda. Vazirlikning ta’kidlashicha, bunday qaror ziyoratchilar tomonidan sodir etilayotgan ayrim noqulay holatlar va gavjum paytlarda yuzaga keladigan muammolarni oldini olish maqsadida qabul qilingan.

Tasvirga olish jarayoni ibodat vaqtida kechikishlarga, tashkiliy jarayonlarda uzilishlarga va insonlarning shaxsiy hududiga daxl qilinishiga sabab bo‘lmoqda. Cheklovning asosiy maqsadi ziyoratchilar uchun ibodat vaqtida to‘liq diqqatni jamlash imkoniyatini yaratish va muqaddas joylarda tartib-intizomni ta’minlashdan iborat.

Rasmiylarning so‘zlariga ko‘ra, bu qaror mahalliy ma’muriyatlar va xalqaro delegatsiyalar tomonidan bildirilgan tashvishlar asosida ishlab chiqilgan. Shu orqali ziyoratchilar uchun qulay va xavfsiz muhit yaratilishi ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda ham ziyoratga borishni soddalashtirish maqsadida “Haj va Umra yagona portali” ishga tushirilgan bo‘lib, fuqarolar ushbu platforma orqali onlayn tarzda navbatga yozilishlari mumkin.

O‘xshash yangiliklar

Yandeks kompaniyasi jiddiy inqiroz tufayli to'liq to'xtab qolish xavfi ostida turibdi
Yandeks kompaniyasi jiddiy inqiroz tufayli to'liq to'xtab qolish xavfi ostida turibdi
Rossiyaning yirik texnologik korxonasi hisoblangan Yandeks kompaniyasi o‘z faoliyatidagi eng og‘ir inqirozli davrni boshdan kechirmoqda. Soha mutaxassislarining
DunyoBugun, 18:16
Kyoln shahrida robot o‘smir qizga nisbatan tegajog‘lik qildi
Kyoln shahrida robot o‘smir qizga nisbatan tegajog‘lik qildi
Germaniyaning Kyoln shahrida 16 yoshli qizga nisbatan robot yordamida jinsiy tegajog‘lik sodir etilgani haqidagi xabar jamoatchilik va huquq-tartibot idoralari e’tiborini tortdi. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 16:31
Krishtianu Ronalduning O'zbekistonga kelishi uchun qat'iy xavfsizlik talablari qo'yildi
Krishtianu Ronalduning O'zbekistonga kelishi uchun qat'iy xavfsizlik talablari qo'yildi
Dunyoga mashhur futbolchi Krishtianu Ronalduning O‘zbekistonga kelishi kutilayotgani haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda. Tarqalgan
DunyoBugun, 15:44
Qashshoqlikdagi bolalar soni oshib 600 millionga yetdi
Qashshoqlikdagi bolalar soni oshib 600 millionga yetdi
Dunyo bo‘ylab 1,2 milliard kishi o‘ta qashshoqlik sharoitida kun kechirmoqda. Bir yil ichida ularning soni 51,5 million nafarga ko‘paygan. Bu haqda BMT Taraqqiyot
DunyoBugun, 14:21
BMT: global kambag‘allik 2010 yildan buyon ilk marta o‘sdi
BMT: global kambag‘allik 2010 yildan buyon ilk marta o‘sdi
BMTning global kambag‘allik ko‘rsatkichi 2010 yildan buyon ilk bor o‘sdi. BMT Taraqqiyot dasturining 12 oktyabr kuni e’lon qilgan ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab
DunyoBugun, 13:31
O‘zbekiston fuqarosi shifokor ayolni hayotdan saqlab qoldi
O‘zbekiston fuqarosi shifokor ayolni hayotdan saqlab qoldi
11 oktyabr kuni O‘zbekiston havo yo‘llariga tegishli samolyotda parvoz vaqtida favqulodda vaziyat yuzaga keldi. Ayol yo‘lovchilardan birining ahvoli to‘satdan
DunyoBugun, 12:44