Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 6 noyabr
+14°
облачно с прояснениями ветер 1 м/с, В
ENRU

Mers: Ukrainasiz qarorlar Yevropa xavfsizligiga tahdid qiladi

Dunyo
30
Mers: Ukrainasiz qarorlar Yevropa xavfsizligiga tahdid qiladi
2025 yil 9 dekabr kuni Berlinda o‘tgan uchrashuvda Germaniya kansleri Fridrix Mers Ukrainaga oid masalalarni Kiyev ishtirokisiz hal qilish imkoniyati borasida jiddiy xavotir bildirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

U bu kabi yondashuv Yevropa xavfsizligiga tahdid solishi va "diktatorlik ruhidagi tinchlik"ka olib kelishi mumkinligini ta’kidladi. Mers, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan o‘tkazilgan muzokaralar yakunida, Ukraina taqdiriga doir qarorlarni Ukraina ishtirokisiz qabul qilish qanchalik noto‘g‘ri bo‘lsa, Yevropa bo‘yicha muhim masalalarni yevropaliklarsiz hal qilish ham shunchalik nomaqbul ekanini qayd etdi.

U barqaror tinchlikka faqat ochiq muloqot va tomonlarning to‘laqonli ishtiroki orqali erishish mumkinligini urg‘uladi. Shuningdek, Germaniya kansleri Londonda Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan o‘tkazilgan uchrashuv haqida ma’lumot berdi.

Muloqot davomida Ukrainada tinchlikka erishish bo‘yicha aniq va amaliy yo‘llar muhokama qilingan, har bir tomon o‘z takliflarini bayon etgan. Mersning so‘zlariga ko‘ra, ushbu muloqotlar asosida yagona qo‘shma takliflar paketi tayyorlanmoqda.

Bu takliflar yaqin kunlarda AQSH rahbariyati bilan muvofiqlashtirilib, keyinchalik Moskva bilan navbatdagi muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. U, shuningdek, Rossiyaning urushdagi rolini ham alohida tilga oldi.

Uning fikricha, bu mojaroni aynan Rossiya boshlangan va xohlagan taqdirda, urushni qisqa vaqt ichida to‘xtatish imkoniyatiga ega. Germaniya bu jarayonning adolatli va tezkor yechim topilishi tarafdori ekanini ma’lum qildi.

Yakunda Mers sharoitlar yaqin kunlar yoki haftalarda oydinlashishini qayd etib, Yevropa rahbarlari xavfsizlik va tinchlik masalasida hushyor bo‘lish zarurligini eslatdi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026