Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 7 noyabr
+18°
пасмурно ветер 1 м/с, СЗ
ENRU

Avstriyada maktablarda hijob taqiqi bo‘yicha yangi loyiha

Dunyo
43
Avstriyada maktablarda hijob taqiqi bo‘yicha yangi loyiha
Avstriyada maktablarda hijob kiyish masalasi yana muhokama markaziga chiqdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mamlakatda 14 yoshgacha bo‘lgan qizlarning maktabda hijob kiyishini taqiqlash bo‘yicha yangi qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda. Reuters va European Pravda axborot agentliklariga ko‘ra, hukmron koalitsiya ushbu hujjatni yaqin kunlarda parlament muhokamasiga kiritishni rejalashtirgan.

Agar qonun qabul qilinsa, taxminan 12 ming nafar o‘quvchiga ta’sir qilishi kutilmoqda. Mazkur tashabbus tarafdorlari bu chora qizlarning erkinligini himoya qilishga qaratilganini ta’kidlamoqda.

Liberal Neos partiyasi rahbari Yannik Shetti maktablarda diniy majburiyatlardan holi muhit yaratilishi kerakligini aytmoqda. Shu bilan birga, o‘ta o‘ngchi Ozodlik partiyasi (FPÖ) bu taqiqni faqat birinchi qadam deb hisoblab, kelgusida uni yanada kengaytirishni taklif qilmoqda.

Biroq bu qaror jiddiy e’tirozlarga sabab bo‘ldi. Avstriya Islom diniy jamiyati taqiqni konstitutsion huquqlar va diniy erkinlikka zid deb baholadi.

Ularning eslatishicha, 2020 yilda 10 yoshgacha bo‘lgan qizlar uchun kiritilgan shunga o‘xshash taqiq Konstitutsiyaviy sud tomonidan bekor qilingan va musulmonlarga nisbatan diskriminatsiya sifatida baholangan edi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026