Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 12 noyabr
+5°
облачно с прояснениями ветер 2 м/с, С
ENRU

Qozog‘istonda KazTag agentligiga qarshi jinoyat ishi ochildi

Dunyo
76
Qozog‘istonda KazTag agentligiga qarshi jinoyat ishi ochildi
Qozog‘iston Madaniyat va axborot vaziri Aida Balayeva mamlakatda ommaviy axborot vositalarini faqat qonun doirasida himoya qilishlarini ma’lum qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

U bu fikrni KazTag agentligiga nisbatan ochilgan jinoyat ishi yuzasidan izoh berar ekan, aytib o‘tdi. Ma’lum bo‘lishicha, KazTag agentligi avval Freedom Finance kompaniyasining aldangan investorlariga doir materiallarni chop etgan.

Shu sababli Freedom Finance kompaniyasi arizasiga ko‘ra mazkur jinoyat ishi ochilgan. Kompaniya KazTag tomonidan chop etilgan ma’lumotlar haqiqatga mos kelmasligini bildirgan.

Freedom Holding Corp kompaniyasining bosh direktori Timur Turlov esa jurnalistlar bilan uchrashuvda KazTag agentligi bir necha o‘nlab maqolalarni neytral yondashuvdan yiroq holda e’lon qilganini ta’kidladi. Turlovning fikriga ko‘ra, agentlik tomonidan manipulyatsiya qilishga urinishlar kuzatilgan.

U barcha dalillarni yig‘ishga harakat qilayotganini va kompaniyaning qonun doirasida harakat qilishini qayd etdi. Shuningdek, Freedom Finance kompaniyasining advokati Aleksandr Kamendrovskiy tergov organlarining passivligi qonun oldida tenglik prinsipiga zid kelishi va jamiyatning adliya tizimiga bo‘lgan ishonchini zaiflashtirishi mumkinligini ta’kidladi.

U moliyaviy bozorning qonuniy ishtirokchisi tuhmatga asoslangan maqolalarga qarshi kurashda qiyinchiliklarga duch kelayotganini qayd etdi. Shu bilan birga, qonuniylik va huquq tartibini ta’minlash o‘rniga sun’iy to‘siqlar yaratilayotganini tanqid qildi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026