ENRU

Papa John’s Qozog‘iston va Qirg‘izistonda yopildi

Dunyo
43
Papa John’s Qozog‘iston va Qirg‘izistonda yopildi
Papa John’s pitseriya tarmog‘i Qozog‘iston va Qirg‘izistonda o‘z faoliyatini to‘xtatdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda Daniyar Monolbayevga asoslanib Kursiv Kazakhstan nashri xabar berdi. Daniyar Monolbayev ushbu hududlarda franchayzing huquqiga ega bo‘lgan tadbirkor hisoblanadi.

Tadbirkorning ma’lum qilishicha, mavjud moliyaviy mablag‘lar asosan muhim to‘lovlarni qoplash uchun yo‘naltirilgan. Ular ish haqlari, soliqlar, ijara to‘lovlari va qarzlarning qisman to‘lanishini o‘z ichiga oladi.

Shuningdek, Qozog‘istonda xodimlarning ko‘plab qismiga boshqa kompaniyalarda ish topishda yordam ko‘rsatilgani ta’kidlandi. Avvalroq ma’lum qilinganidek, Almatidagi Papa John’s tarmog‘iga tegishli olti filial yopilgan bo‘lib, ularning o‘rnida Bellissimo Pizza faoliyat yuritishni boshlaydi.

Papa John’s pitseriya tarmog‘i 1984 yilda amerikalik tadbirkor Jon Shnatter tomonidan asos solingan. Bugungi kunda ushbu tarmoq dunyo bo‘ylab 5 mingdan ortiq filialga ega.

U AQSh, Kanada, Meksika, Yevropa davlatlari, Yaqin Sharq, Osiyo, Lotin Amerikasi va Afrika mamlakatlarida o‘z xizmatlarini taklif etadi.

O‘xshash yangiliklar

Qirg'izistondan O'zbekistonga noqonuniy go'sht olib o'tilayotgani ma'lum qilindi
Qirg'izistondan O'zbekistonga noqonuniy go'sht olib o'tilayotgani ma'lum qilindi
Qirgiziston parlamenti deputati Ulanbek Jeenbayev mamlakatdan O'zbekistonga go'sht mahsulotlari noqonuniy yo'llar bilan olib o'tilayotgani haqida bayonot berdi. Jogorku
DunyoBugun, 01:58
Boshqirdistondagi savdo majmuasida yuz bergan yong'in oqibatida to'rt kishi halok bo'ldi
Boshqirdistondagi savdo majmuasida yuz bergan yong'in oqibatida to'rt kishi halok bo'ldi
Rossiyaning Boshqirdiston Respublikasi tarkibidagi Sterlitamak shahrida joylashgan Solnechniy savdo va xizmat ko‘rsatish majmuasida 22-sentabr kuni yirik yong‘in yuz berdi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoBugun, 01:15
Lissabon sayyohlar uchun dunyodagi eng baxtli shahar deb topildi
Lissabon sayyohlar uchun dunyodagi eng baxtli shahar deb topildi
Portugaliya poytaxti Lissabon shahri sayyohlar uchun dunyodagi eng baxtli va huzurbaxsh manzil deb e'tirof etildi. BookRetreats platformasi tomonidan o‘tkazilgan
DunyoBugun, 00:42
Masjidul Harom muazzini Shayx Ibrohim al Madaniy vafot etdi
Masjidul Harom muazzini Shayx Ibrohim al Madaniy vafot etdi
Makka shahridagi Masjidul Harom muazzini Shayx Ibrohim bin Odil al-Madaniy 2024-yil 21-sentabr kuni 51 yoshida vafot etdi. Ushbu qayg‘uli xabarni Saudiya Arabistonining
DunyoBugun, 00:12
Xitoyda vafot etgan deb e'lon qilingan ayol tobutda tirildi
Xitoyda vafot etgan deb e'lon qilingan ayol tobutda tirildi
Xitoyda og‘ir xastaliklar tufayli vafot etgani aytilgan 70 yoshli ayolning sovutkichli tobutda tirilishi bilan bog‘liq g‘ayritabiiy hodisa yuz berdi. Saraton va bosh
DunyoBugun, 00:00
Dunyoda pasportsiz sayohat qilish huquqiga ega uch kishi aniqlandi
Dunyoda pasportsiz sayohat qilish huquqiga ega uch kishi aniqlandi
Dunyo bo‘ylab sayohat qilishda shaxsni tasdiqlovchi pasport eng muhim hujjat hisoblansa-da, sayyoramizda ushbu qoidadan mustasno bo‘lgan atigi uch nafar shaxs mavjud.
DunyoKecha, 03:48