Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 9 noyabr
+19°
пасмурно ветер 2 м/с, ЮВ
ENRU

Yovvoyi maymun Tailandda inson hayotiga zomin bo‘ldi

Dunyo
54
Yovvoyi maymun Tailandda inson hayotiga zomin bo‘ldi
Tailandning Yala provinsiyasidagi bir qishloqda yovvoyi makaka maymuni 63 yoshli fuqaroning hayotiga zomin bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu voqea haqida The Independent xabar berdi. Mahalliy manbalarning ma’lum qilishicha, marhum Chaipxum Sae-eungning jasadi o‘z uyida devorga suyanib qolgan holda topilgan.

Uning tanasida maymunning tishlash va tirnash izlari aniqlangan. Hodisa tafsilotlariga ko‘ra, maymun bir necha hafta davomida qishloq aholisi va ayniqsa, marhumga nisbatan tajovuzkor harakatlar qilgan.

Voqeadan avvalroq, maymun Sae-eungning yelkasidan tishlab, og‘ir jarohatlar yetkazgan. Qishloq aholisi hayvonning urushqoq xatti-harakatlari tufayli hatto bir oilaning o‘z uyini tark etishga majbur bo‘lganini aytishgan.

Marhumning jasadini uning jiyani Pipat Sae-eung topgan. U amakisining jasadi yonida qon izlari va himoya qilish uchun ishlatilgan metal tayoq bo‘lganini ko‘rgan.

Pipatning so‘zlariga ko‘ra, maymun erkakning turli joylarini tishlab, tirnagan, hatto oyog‘ining bir qismini uzib olgan. Hodisa joyiga kelgan politsiya vaziyatni o‘rgangan.

Maymun hodisa vaqtida uy tomiga chiqib olgani aniqlangan. Mayor Jakkarin Laksananing ma’lum qilishicha, xavfni bartaraf etish maqsadida maymunni otib o‘ldirishga qaror qilingan.

Dastlabki tergov natijalariga ko‘ra, marhumning jasadi 2-3 kun avval vafot etgan bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda. Uning jasadi o‘lim sababini aniqlash uchun Betong kasalxonasiga yuborilgan.

Politsiya hodisada inson aralashuvi bo‘lmaganini aniqlashga harakat qilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026