Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 18 noyabr
+17°
to‘liq bulutli shamol 2 m/s, shimoli-g‘arb
ENRU

Qirg‘iziston sudlari o‘lim jazosini tiklashni rad etdi

Dunyo
82
Qirg‘iziston sudlari o‘lim jazosini tiklashni rad etdi
Qirg‘iziston Konstitutsiyaviy sudi mamlakat prezidenti Sadir Japarovning o‘lim jazosini qayta tiklash bo‘yicha tashabbusini rad etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Prezident ma’muriyati og‘ir jinoyatlar, jumladan, bolalarni zo‘rlash va qotillik holatlari uchun oliy jazo chorasini qaytarish maqsadida qonun loyihasini Konstitutsiyaviy sudga taqdim etgan edi. Sudning rasmiy bayonotida qayd etilishicha, taklif etilgan o‘zgartirish mamlakat Konstitutsiyasiga zid hisoblanadi.

Qirg‘iziston Konstitutsiyasida inson huquqlari oliy qadriyat sifatida mustahkamlangan va yashash huquqi ustuvor ahamiyatga ega. O‘lim jazosini bekor qilish inson huquqlarini himoya qilishning muhim qismi hisoblanadi.

Shuningdek, sud xalqaro huquqiy me’yorlarga e’tibor qaratib, Qirg‘iziston xalqaro majburiyatlarga rioya etishini eslatdi. Xalqaro huquqning umume’tirof etilgan qoidalari mamlakat huquqiy tizimining ajralmas qismi bo‘lib, davlat ularga amal qilish majburiyatini olgan.

Shu sababli, o‘lim jazosini tiklash Asosiy qonunga zid va yuridik jihatdan imkonsizdir. Shuningdek, qonun loyihasini referendumga qo‘yish ham mumkin emasligi ta’kidlandi.

Sud qaroriga ko‘ra, ushbu tashabbusni targ‘ib qilish bilan bog‘liq barcha harakatlar to‘xtatiladi. Ushbu tashabbus prezident Japarov tomonidan joriy yilning oktyabr oyida sodir bo‘lgan jiddiy jinoyat — 17 yoshli Oysuluv ismli qizning o‘ldirilishi sababli ilgari surilgan edi.

Ma’lum qilinishicha, qiz o‘g‘irlab ketilib, zo‘rlangan va keyinchalik shafqatsizlarcha o‘ldirilgan. Ushbu dahshatli hodisa jamiyatda katta rezonans uyg‘otdi.

Qirg‘izistonda o‘lim jazosi 2007 yilda bekor qilingan edi. So‘nggi yillarda voyaga yetmaganlarga nisbatan jinoyatlar, jumladan, zo‘rlash va qotillik holatlarining ko‘payishi natijasida oliy jazoni qaytarish masalasi keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Biroq Konstitutsiyaviy sudning qarori bu masalaga yakuniy nuqta qo‘ydi.
Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026