Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 14 noyabr
+6°
ясно ветер 1 м/с, СВ
ENRU

15 yoshli dahoning ikkinchi doktorlik darajasi!

Dunyo
37
15 yoshli dahoning ikkinchi doktorlik darajasi!
Belgiyalik 15 yoshli Loran Simons ikkinchi doktorlik darajasini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

U dastlab 12 yoshida birinchi doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan edi. Bu haqda Bild nashri xabar bergan.

Ma’lum bo‘lishicha, Loran sakkiz yoshida maktabni tamomlagan, 11 yoshida esa magistratura darajasini qo‘lga kiritgan. Hozirda u Germaniyaning Myunxen shahridagi Gelmgolts markazida uchinchi ilmiy darajasi ustida tadqiqot olib bormoqda.

Uning ilmiy ishlari tibbiyot va sun’iy intellektni integratsiya qilishga qaratilgan. Loranning so‘nggi dissertatsiyasi nazariy kvant fizikasini o‘rganishga bag‘ishlangan.

Bungacha u eksperimental fizika bo‘yicha tadqiqot olib borgan. Loran o‘z muvaffaqiyatlarini fotografik xotirasi va murakkab muammolarni tez tahlil qilish qobiliyati bilan izohlaydi.

Loran Simonsning ota-onasi uning g‘ayrioddiy qobiliyatlari bolaligida namoyon bo‘lganini ta’kidlaydi. U to‘rt yoshida maktabga borgan, olti yoshida gimnaziyaga kirgan, sakkiz yoshida imtihon topshirib, to‘qqiz yoshida universitetga qabul qilingan.

12 yoshida esa Maks Plank institutidagi eng yosh doktorantlardan biri bo‘lgan. Loran shuningdek, Rim papasi bilan uchrashgan, Nobel mukofoti sovrindorlari bilan muloqot qilgan va dunyoning yetakchi ilmiy markazlarida ma’ruzalar o‘qigan.

Shaxsiy hayotida esa Loran oddiy yosh bolalar kabi qiziqishlarga ega. U kartingda uchishni, Marvel filmlarini tomosha qilishni va videoo‘yinlar o‘ynashni yoqtiradi.

Bundan tashqari, u musiqa tinglab, raqsga tushishni xush ko‘radi. “Do‘stlarim bilan oddiy odamdek vaqt o‘tkazaman”, deydi u.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026