Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 7 noyabr
+18°
пасмурно ветер 1 м/с, СЗ
ENRU

Bokuda saqich iste’mol qilgan o‘quvchilar zaharlandi

Dunyo
45
Bokuda saqich iste’mol qilgan o‘quvchilar zaharlandi
Ozarbayjonning Boku shahridagi 14-sonli maktabda sakkiz nafar o‘quvchi saqich iste’mol qilganidan so‘ng zaharlanib, tibbiy yordamga muhtoj bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda mahalliy manbalar xabar bermoqda. Ma’lum bo‘lishicha, o‘quvchilar dars paytida o‘zlarini noqulay his qilganliklarini aytib, bu haqda maktab ma’muriyatiga murojaat qilishgan.

Ma’muriyat darhol tez yordam chaqirgan va zaharlangan bolalar kasalxonaga olib borilgan. Ushbu holat haqida tegishli idoralarga va bolalarning ota-onalariga xabar berilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, maktab o‘quvchilaridan biri darsga kelayotganida yaqindagi do‘kondan saqich sotib olib, uni sinfdoshlariga ulashgan. Saqich iste’molidan so‘ng bolalarning sog‘lig‘i yomonlashgan.

Hozirda bu voqea yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda. Shu kabi holat 2023-yil sentyabr oyida Indoneziyada ham kuzatilgan edi.

G‘arbiy Yava provinsiyasining Sipongkor tumanida maktab o‘quvchilari mamlakat prezidenti tomonidan taqdim etilgan bepul tushlikdan zaharlanib, shifoxonaga yotqizilgan. Uch kun ichida 1 258 nafar bolada zaharlanish alomatlari qayd etilgan.

Mutaxassislarning xabar berishicha, zaharlanishning asosiy sababi noto‘g‘ri tayyorlangan ovqatlar bo‘lgan. Xususan, soya sousli tovuq go‘shti, qovurilgan tofu va ba’zi mevalar bolalarda qorin og‘rig‘i, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi va nafas qisilishi kabi alomatlarni keltirib chiqargan.

Holatlar yuzasidan tegishli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026