Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 16 noyabr
+9°
ochiq shamol 1 m/s, sharq
ENRU

Pokistonda hibsga olingan o‘zbekistonlikka elchixona yordam bermoqda

Dunyo
63
Pokistonda hibsga olingan o‘zbekistonlikka elchixona yordam bermoqda
O‘zbekistonning Pokistondagi elchixonasi xodimlari Karachi shahridagi Markaziy ayollar qamoqxonasiga tashrif buyurib, u yerda saqlanayotgan o‘zbekistonlik fuqaro bilan uchrashdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu tashrif fuqaroning murojaati asosida amalga oshirilib, uning holati va sud jarayoni diqqat bilan o‘rganilmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro 2024 yil dekabr oyida Maldiv orollari fuqarosi bo‘lgan turmush o‘rtog‘i bilan Pokistonga kelib, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgan.

Biroq, 2025 yil yanvar oyida u turmush o‘rtog‘i bilan birga giyohvand moddalar savdosida gumonlanib hibsga olingan va qamoqxonaga joylashtirilgan. Hozirda ushbu ish bo‘yicha sud jarayoni davom etmoqda.

Fuqaro elchixonaga yo‘llagan murojaatida o‘zining aybsiz ekanini ta’kidlab, yordam so‘ragan. Uning so‘zlariga ko‘ra, turmush o‘rtog‘ining yolg‘on va’dalariga ishonib, bu mamlakatga kelgan va giyohvand moddalar savdosiga aloqador emas.

Shundan so‘ng elchixona xodimlari fuqaro bilan bir necha bor uchrashib, tergov tafsilotlarini o‘rgangan va sud jarayonini kuzatishni davom ettirmoqda. Diplomatlarning aralashuvi natijasida ishga xolis yondashuv ta’minlanayotgani qayd etilgan.

Fuqaroning himoyasini yaxshilash maqsadida konsullik maslahatlari berilgan va yangi advokat yollangan. Dastlabki advokatning sust ishlagani sababli yangi himoyachi jalb qilingan, u esa fuqaroning ozodlikka chiqish ehtimoli yuqori ekanini bildirgan.

Shuningdek, faol vatandoshlar ko‘magida fuqaro oziq-ovqat, kiyim-kechak va pul mablag‘i bilan ta’minlangan. Elchixona xodimlari qamoqxona rahbariyati bilan ham muzokaralar olib borib, fuqaroning huquqlarini kengaytirish, yaqinlari bilan muloqot qilish, advokat bilan uchrashish va tibbiy xizmatlardan foydalanish kabi masalalarni muhokama qilgan.

Shuningdek, uni yaqin orada O‘zbekistonga qaytarish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqilgan.
Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026