Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 8 noyabr
+26°
пасмурно ветер 2 м/с, Ю
ENRU

Rossiya Zelenskiyning Donbass bo‘yicha taklifini rad etdi

Dunyo
35
Rossiya Zelenskiyning Donbass bo‘yicha taklifini rad etdi
Rossiya Federatsiyasi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning Donbass hududida referendum o‘tkazish taklifini rad etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning tashqi siyosat bo‘yicha maslahatchisi Yuriy Ushakov bu masalada qat’iy fikr bildirdi. Uning aytishicha, Donbass masalasi muhokama qilinmaydi, chunki bu hudud Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kiritilgan va u ertami-kechmi to‘liq nazoratga olinadi.

Rossiya ilgari xalqaro huquq me’yorlarini buzgan holda Donetsk, Lugansk, Xerson va Zaporijjya viloyatlarini noqonuniy ravishda o‘z tarkibiga qo‘shib olgan edi. Ukraina prezidenti Zelenskiy esa bu kabi hududiy masalalarni faqat xalq referendum orqali hal qilishi mumkinligini ta’kidlagan.

Yuriy Ushakovning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina tomonining tinchlik rejasiga oid takliflari Rossiya uchun qabul qilib bo‘lmaydigan shartlarni o‘z ichiga oladi. U, shuningdek, Ukraina Donbassdan o‘z qo‘shinlarini chiqarishi kerakligini ta’kidladi.

Ushakov Donbassda demilitarizatsiya qilingan hudud yaratish ehtimoli haqida gapirib, bu joyda Rossiya harbiylari bo‘lmasligi mumkinligini, ammo Rosgvardiya va boshqa xavfsizlik kuchlari bo‘lishini bildirdi. Siyosatshunos Pavel Chijov esa Rosgvardiya ham qurolli kuchlar bilan bir xil rolni bajarishini va bu holat hududdagi vaziyatni o‘zgartirmasligini ta’kidladi.

Shu bilan birga, prezident Vladimir Putin Donbassdagi harbiy harakatlar muvaffaqiyatli davom etayotganini aytib, mintaqada qolgan ukrain qo‘shinlarini siqib chiqarish asosiy maqsad ekanligini qo‘shimcha qildi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026