Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 7 noyabr
+20°
небольшая облачность ветер 2 м/с, СВ
ENRU

Berlinda Ukraina bo‘yicha muhim tinchlik muzokaralari o‘tkazildi

Dunyo
30
Berlinda Ukraina bo‘yicha muhim tinchlik muzokaralari o‘tkazildi
Berlinda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va boshqa xalqaro siyosiy vakillar ishtirokida muhim muzokaralar o‘tkazildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Unda Rossiya tomonidan boshlangan jangovar harakatlarni to‘xtatish masalasi muhokama qilindi. Muzokaralar davomida sezilarli natijalarga erishilgani haqida AQSH prezidenti maxsus vakili Stiven Uitkoff ma’lum qildi.

Uitkoffning so‘zlariga ko‘ra, o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha AQSH va Ukraina delegatsiyalari o‘rtasidagi maslahatlashuvlar besh soatdan ortiq davom etdi. Muzokaralarda AQSH prezidenti maslahatchisi Jared Kushner ham ishtirok etdi.

Tomonlar tinchlikka erishish uchun 20 banddan iborat yo‘l xaritasi, iqtisodiy masalalar va xavfsizlik bo‘yicha muhim yo‘nalishlarni muhokama qilishdi. Germaniya kansleri Fridrix Mers ham uchrashuvda qatnashdi, biroq keyinroq vakilini qoldirgan holda muzokaralarni tark etdi.

Fridrix Mers ijtimoiy tarmoqda: “Biz Ukrainada barqaror va adolatli tinchlikni ta’minlashni istaymiz. Jarayon qiyin bo‘lsa-da, biz bunga erishishda qat’iyatlimiz”, deya fikr bildirdi.

15-dekabr kuni muzokaralar davom ettirilishi rejalashtirilgan. AFP agentligiga ko‘ra, kechki paytda Yevropa davlatlari rahbarlari, shuningdek, Yevropa Ittifoqi va NATO vakillari ham muzokaralarga qo‘shilishi kutilmoqda.

Reuters agentligi xabariga ko‘ra, Zelenskiy jurnalistlar bilan yopiq uchrashuvda tinchlikka erishish uchun muayyan murosalarga tayyor ekanini bildirdi. Xususan, Ukraina NATOga a’zo bo‘lish o‘rniga AQSH va Yevropa davlatlari tomonidan xavfsizlik kafolatlarini olish ehtimolini ko‘rib chiqmoqda.

Shuningdek, u front chizig‘idagi jang harakatlarini muzlatishni adolatli yechim deb atadi. Rossiya tomoni esa avvaldan Donesk va Lugansk viloyatlarining ayrim hududlaridan Ukraina qo‘shinlarini olib chiqishni talab qilib kelmoqda.

Berlindagi ushbu muzokaralar uzoq davom etayotgan ziddiyatlarni siyosiy yo‘l bilan hal qilishga qaratilgan muhim qadam sifatida baholanmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026