ENRU

Yonboshlab uxlash sog‘lom uyqu uchun foydali

Dunyo
27
Yonboshlab uxlash sog‘lom uyqu uchun foydali
Britaniya Milliy sog‘liqni saqlash xizmati shifokori Debora Lining ta’kidlashicha, yonboshlab uxlash, ya’ni embrion yoki “qalamcha” holati, sog‘lom uyqu uchun eng foydali holatlardan biri hisoblanadi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu holat umurtqa pog‘onasiga tushadigan bosimni kamaytirib, qon aylanishini yaxshilaydi va kislotali refluks belgilarini yengillashtiradi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, tana va bosh bir tomonga qaratilgan holda uxlash bo‘g‘imlarga tushadigan yukni pasaytiradi, belning to‘g‘ri tuzilishini saqlaydi va uyqu vaqtida yuzaga keladigan og‘riqlarni oldini oladi.

Meyo klinikasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu holat ichki a’zolarga tushadigan bosimni kamaytirib, qon aylanishining yaxshilanishiga yordam beradi. Embrion holatida, ya’ni tizzalarni ko‘krakka biroz tortgan holda uxlash, xurrakni kamaytiradi.

Bu ayniqsa homilador ayollar va bel og‘rig‘iga moyil kishilar uchun qulaydir. Biroq tana haddan ortiq bukilsa, nafas olish qiyinlashishi yoki bo‘g‘imlarda qotish hissi paydo bo‘lishi mumkin.

Eng tavsiya etilmaydigan holatlardan biri chalqancha, ya’ni “askar” holatidir. Bu holat nafas buzilishi (apnoe) xavfini oshirishi va kislotali refluksni kuchaytirishi mumkin.

Agar bu holatda yostiq juda past bo‘lsa, vaziyat yanada yomonlashadi. Shifokorlar, agar chalqancha yotishga to‘g‘ri kelsa, tizza ostiga kichik yostiq qo‘yishni tavsiya qiladilar.

Bu beldagi bosimni yumshatadi. Yelkada noqulaylik bo‘lsa, qo‘llar yonga yozilgan “dengiz yulduzi” holati qulaylik yaratishi mumkin.

O‘xshash yangiliklar

AQSH senatori Tramp-Putin dizel kelishuvini bekor qilishni talab qildi
AQSH senatori Tramp-Putin dizel kelishuvini bekor qilishni talab qildi
AQSH siyosiy sahnasida Donald Tramp va Vladimir Putin orasidagi dizel yonilg‘i kelishuvi ortidan jiddiy qarshilik to‘lqini boshlandi. Kongressning nufuzli 12 nafar
DunyoBugun, 09:22
Tramp AQSH razvedka ma’lumotlarini Ukrainaga yetkazishni tasdiqladi
Tramp AQSH razvedka ma’lumotlarini Ukrainaga yetkazishni tasdiqladi
AQSH prezidenti Donald Tramp Ukrainadagi urush, Vashingtonning Kiyevga ko‘rsatayotgan ko‘magi hamda Rossiya bilan ehtimoliy sulh muzokaralari atrofidagi muhim savollarga javob berdi. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 08:48
Jahon meteorologiya tashkiloti «super El-Nino» fenomeni avj olishi ehtimoli 100 foizga yaqin bildirdi
Jahon meteorologiya tashkiloti «super El-Nino» fenomeni avj olishi ehtimoli 100 foizga yaqin bildirdi
Xalqaro iqlimshunoslar va yetakchi olimlar Yer yuzida yaqin oylarda o‘ta xavfli tabiiy omil — «super El-Nino» fenomeni avj olishi mumkinligidan jiddiy tashvish bildirmoqda. Bu haqda One.uz xabar
DunyoBugun, 08:05
Bolalar qashshoqlikdagi son 617 millionga yetdi
Bolalar qashshoqlikdagi son 617 millionga yetdi
BMT Taraqqiyot dasturi (UNDP) va Oksford universiteti tadqiqotchilari tomonidan tayyorlangan hisobotga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 108 ta rivojlanayotgan davlatda 1,2 milliard kishi ko‘p o‘lchovli
DunyoBugun, 06:23
Yandeks kompaniyasi jiddiy inqiroz tufayli to'liq to'xtab qolish xavfi ostida turibdi
Yandeks kompaniyasi jiddiy inqiroz tufayli to'liq to'xtab qolish xavfi ostida turibdi
Rossiyaning yirik texnologik korxonasi hisoblangan Yandeks kompaniyasi o‘z faoliyatidagi eng og‘ir inqirozli davrni boshdan kechirmoqda. Soha mutaxassislarining
DunyoKecha, 18:16
Kyoln shahrida robot o‘smir qizga nisbatan tegajog‘lik qildi
Kyoln shahrida robot o‘smir qizga nisbatan tegajog‘lik qildi
Germaniyaning Kyoln shahrida 16 yoshli qizga nisbatan robot yordamida jinsiy tegajog‘lik sodir etilgani haqidagi xabar jamoatchilik va huquq-tartibot idoralari e’tiborini tortdi. Bu haqda One.uz
DunyoKecha, 16:31