Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 7 noyabr
+22°
облачно с прояснениями ветер 1 м/с, С
ENRU

Maktabdagi hujum: 10 yoshli bola halok bo‘ldi

Dunyo
328
Maktabdagi hujum: 10 yoshli bola halok bo‘ldi
Moskva viloyatining Odinsovo tumanidagi Uspenskiy nomli umumta’lim maktabida og‘ir jinoyat sodir bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Gorki-2 posyolkasida joylashgan maktabga 9-sinfda o‘qiydigan 15 yoshli o‘smir pichoq bilan kirib kelib, o‘quvchilarga hujum qilgan. Natijada 10 yoshli to‘rtinchi sinf o‘quvchisi halok bo‘ldi.

Hujum qilgan o‘smir, Timofey K., qo‘lga olingan. Tergov qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, hujum vaqtida gumonlanuvchi o‘z harakatlarini videoga olgan va uni shaxsiy telegram-kanaliga joylashtirgan.

Videoda u millat haqida so‘roq qilgani, shuningdek, maktab qo‘riqchisini yaralab, o‘quvchilarga hujum qilgani aks etgan. Gumonlanuvchi sinfdoshlariga hujumdan avval “Mening g‘azabim” nomli manifestni yuborgan bo‘lib, unda jamiyatga nisbatan nafratini ifoda etgan.

Hujum qilgan o‘smirning kiyimlari va jihozlarida ekstremistik mazmunli yozuvlar bo‘lgani aniqlangan. Jumladan, futbolkasida irqchilik mazmuni bo‘lgan shior, shlemida esa nafratni targ‘ib qiluvchi iqtiboslar bo‘lgan.

Tergov davomida gumonlanuvchining harakatlari ekstremizm va nafratga asoslanganligi aniqlanmoqda. Moskva viloyati gubernatori Andrey Vorobyov ushbu hodisani “dahshatli fojia” deb atab, bunday holatlarning oldini olish uchun zarur choralar ko‘rilishini ta’kidladi.

Shuningdek, u jurnalistlarga murojaat qilib, voqea tafsilotlari aks etgan materiallarni tarqatmaslikni so‘radi. Hozirda mazkur jinoyat bo‘yicha tergov ishlari davom etmoqda.

Jinoyatga olib kelgan sabablar, shuningdek, gumonlanuvchining ruhiy holati va boshqa omillar o‘rganilmoqda. Maktabda xavfsizlik choralarini kuchaytirish masalasi ham kun tartibida turibdi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026