Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 7 noyabr
+18°
пасмурно ветер 1 м/с, СЗ
ENRU

Saudiya Arabistoniga safarlar 68 foizga oshdi

Dunyo
28
Saudiya Arabistoniga safarlar 68 foizga oshdi
2025 yilning yanvar-oktyabr oylarida Saudiya Arabistoniga 237,1 ming nafar O‘zbekiston fuqarosi tashrif buyurdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 68 foizga o‘sdi. O‘zbekistonliklarning Saudiya Arabistoniga safar qilishdagi asosiy maqsadi ziyorat va turizm bo‘lib, ushbu yo‘nalishda 197,9 ming kishi tashrif buyurgan.

Shuningdek, 38,2 ming nafar fuqarolar qarindoshlarini ko‘rish uchun borgan. Bundan tashqari, 924 kishi davolanish, 66 kishi xizmat safarida bo‘lish va 31 kishi o‘qish maqsadida Saudiya Arabistoniga yo‘l olgan.

Saudiya Arabistoni hukumati qaroriga ko‘ra, kelgusi yildan boshlab haj ziyoratiga boruvchi fuqarolar uchun majburiy tibbiy ko‘rik joriy etiladi. Ushbu tibbiy ma’lumotnomasiz qirollikka kirish imkoni bo‘lmaydi.

Shuningdek, yurak, buyrak, o‘pka va jigar kabi og‘ir surunkali kasalliklarga chalingan, og‘ir ruhiy kasalliklar, demensiya va davolanayotgan onkologik kasalliklarga ega bo‘lgan ziyoratchilar hajga qo‘yilmasligi belgilangan.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026