Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 12 noyabr
+5°
облачно с прояснениями ветер 2 м/с, С
ENRU

Hormuz orolida yomg‘ir qizil plyaj hosil qildi

Dunyo
51
Hormuz orolida yomg‘ir qizil plyaj hosil qildi
Eronning Hormuz bo‘g‘ozida joylashgan Hormuz orolida noyob tabiiy hodisa kuzatildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

16-dekabr kuni yog‘gan kuchli yomg‘ir natijasida orol sohili va sayoz dengiz suvlari qizil rangga kirib, ijtimoiy tarmoqlarda katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. Mahalliy aholi "Qizil plyaj" deb ataydigan hududda yomg‘ir suvlari temirga boy mineral tuproqlarni yonbag‘irlardan dengizga olib tushgan.

Natijada qum va suv yorqin qirmizi tusga bo‘yalib, juda ham ajoyib manzara yuzaga kelgan. Ushbu holat aks etgan surat va videolar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, minglab foydalanuvchilar e’tiborini tortdi.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, bu hodisa orolning o‘ziga xos geologik tarkibi bilan bog‘liq. Hormuz oroli temir oksidiga boy bo‘lgan "golak" nomli qizil tuprog‘i bilan mashhur.

Kuchli yomg‘ir vaqtida ushbu minerallar suv bilan yuvilib, sohilda va dengizda tarqaladi. Garchi ayrim manbalarda bu hodisa "qonli yomg‘ir" deb atalgan bo‘lsa-da, bunda hech qanday xavfli yoki biologik omil mavjud emas.

"Kamalak oroli" deb ham ataladigan bu orol yil davomida o‘zining turli rangdagi tuproqlari, qiyali sohillari va tarixiy obidalari bilan sayyohlarni jalb etadi. Ayniqsa, qizil plyaj yomg‘irli kunlarda yanada sirli va jozibali ko‘rinishga ega bo‘ladi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026