Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 16 noyabr
+9°
ochiq shamol 1 m/s, sharq
ENRU

O‘zbek mahsulotlari Kuvayt bozoriga yo‘l olmoqda

Dunyo
36
O‘zbek mahsulotlari Kuvayt bozoriga yo‘l olmoqda
O‘zbekiston va Kuvaytning Uvaro kompaniyasi o‘rtasida o‘zbek mahsulotlarini Kuvayt bozorida targ‘ib qilish maqsadida muhim kelishuvga erishildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu kelishuvga ko‘ra, Kuvayt hududida o‘zbek mahsulotlariga ixtisoslashgan alohida savdo do‘koni ochilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Mazkur tashabbus doirasida o‘tkazilgan Uzbek Food Festival tadbirida O‘zbekistondan 20 dan ortiq ishlab chiqaruvchi va eksportchi kompaniyalar ishtirok etdi. Festivalda ular quritilgan mevalar, sabzavotlar, qandolat mahsulotlari va milliy ziravorlarni namoyish etishdi.

O‘zbek mahsulotlarining tabiiyligi va yuqori sifati Kuvayt bozoridagi vakillarda katta qiziqish uyg‘otdi. Tadbir davomida Sultan Center gipermarketi orqali o‘zbek mahsulotlarini Kuvaytga yetkazib berish bo‘yicha dastlabki buyurtmalar qabul qilindi.

Shuningdek, Sultan Center va Majdi Food kompaniyalari bilan mahsulotlarni Kuvayt bozoriga tizimli ravishda olib chiqish, logistika masalalarini takomillashtirish va sotuv hajmini oshirish yuzasidan muzokaralar olib borildi. Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonning meva va sabzavot eksporti so‘nggi yillarda keskin o‘smoqda.

2025 yilning yanvar–oktyabr oylarida mamlakat 1,8 million tonna meva va sabzavotni 1,7 milliard dollarlik qiymatda eksport qilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan qariyb 40 foizga oshgan.

Mutaxassislarning fikricha, Kuvaytda o‘zbek mahsulotlariga ixtisoslashgan do‘konning ochilishi O‘zbekiston brendini Yaqin Sharq bozorida yanada mustahkamlash, eksport geografiyasini kengaytirish va mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.
Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026