Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 12 noyabr
+5°
облачно с прояснениями ветер 2 м/с, С
ENRU

Hindiston vaziri hijobga aralashdi, tanqidlar kuchaydi

Dunyo
42
Hindiston vaziri hijobga aralashdi, tanqidlar kuchaydi
Hindistonning Bihar shtatida bosh vazir Nitish Kumar rasmiy tadbir davomida musulmon ayolning hijobiga aralashgani oqibatida jiddiy tanqidlar markazida qoldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mahalliy manbalar xabariga ko‘ra, tibbiyot xodimlariga tayinlov hujjatlari topshirilayotgan marosimda shifokor Nusrat Parvin sahnaga chiqqanida, Kumar uning hijobiga ishora qilib, “Bu nima?” degan savolni bergan va hijobini pastga tortishga harakat qilgan. Ushbu holat tadbir ishtirokchilari va jamoatchilik e’tiborini tortdi.

Videotasvirlarda ayolning hayratga tushgani va vazirning yonidagi o‘rinbosar uni to‘xtatishga uringani aks etgan. Mazkur voqea inson huquqlari tashkilotlari tomonidan qattiq qoralandi.

Amnesti International rahbari Akar Patel bu harakatni “ayol qadr-qimmati va shaxsiy erkinligiga tajovuz” sifatida baholadi. U hech kimning ayolning e’tiqodi yoki kiyinish uslubiga aralashishga haqli emasligini ta’kidladi.

Hindiston muxolifati ham vazirni keskin tanqid ostiga oldi. Rashtriya Janata Dal partiyasi vakillari Nitish Kumarning ruhiy holatiga shubha bildirgan bo‘lsa, Kongress partiyasi uni iste’foga chaqirdi va mazkur voqeani “jirkanch va kechirib bo‘lmas” deb atadi.

Ma’lum bo‘lishicha, voqeadan so‘ng Nusrat Parvin davlat xizmatidan voz kechish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu hodisa Hindistonda din va e’tiqod erkinligi borasidagi muammolarni yana bir bor kun tartibiga olib chiqdi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026