Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 7 noyabr
+18°
пасмурно ветер 1 м/с, СЗ
ENRU

Rossiyada Gonkong grippi tez tarqalmoqda

Dunyo
33
Rossiyada Gonkong grippi tez tarqalmoqda
Rossiyada gripp bilan kasallanish holatlari tez sur’atlarda ortib bormoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Hozirgi vaqtda har 100 kishidan kamida biri ushbu kasallikka chalingani qayd etilgan. Ayrim mintaqalarda esa bemorlar soni bir hafta ichida ikki barobarga ko‘paygani kuzatilmoqda.

Mutaxassislar epidemiologik vaziyatni doimiy nazorat ostida ushlab, vaziyatning yanada og‘irlashishi ehtimolini istisno etmayapti. Tibbiyot mutaxassislarining ma’lumot berishicha, joriy mavsumda A (H3N2) shtammi, ya’ni Gonkong grippi asosiy qo‘zg‘atuvchi sifatida aniqlangan.

Ushbu virus yuqori yuqumliligi va jiddiy asoratlarga olib kelishi sababli alohida xavf tug‘diradi. Ayniqsa, homilador ayollar, yosh bolalar, keksa kishilar va surunkali kasalliklari bor insonlar uchun xavf yanada kattaroqdir.

Gonkong grippi o‘tkir virusli infeksiyalar qatoriga kiradi va asosan nafas olish organlarini zararlaydi. Kasallik yuqori harorat, mushaklar va bosh og‘rig‘i, kuchli zaharlanish holati kabi alomatlar bilan namoyon bo‘ladi.

Ba’zi holatlarda ko‘ngil aynishi va hazm tizimida buzilishlar ham kuzatilishi mumkin. Ma’lumot uchun, Gonkong grippi dastlab 1968 yilda Gonkongda aniqlangan.

Hozirgi kunda u mutatsiyaga uchragan holda mavsumiy gripp sifatida dunyo bo‘ylab tarqalishda davom etmoqda. Shu sababli, mutaxassislar xavfsizlik choralariga rioya qilish va grippga qarshi emlashni tavsiya etmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026