Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 7 noyabr
+18°
небольшая облачность ветер 3 м/с, СВ
ENRU

Tojikiston Rossiyada halok bo‘lgan bolaga norozilik bildirdi

Dunyo
94
Tojikiston Rossiyada halok bo‘lgan bolaga norozilik bildirdi
Tojikiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Rossiya Federatsiyasida sodir bo‘lgan fojiali voqea yuzasidan rasmiy bayonot berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Unga ko‘ra, 2025 yilning 16 dekabr kuni Moskva viloyatining Odintsovo shahar okrugiga qarashli Gorki-2 qishlog‘ida 10 yoshli Tojikiston fuqarosi Qobiljon Aliyev etnik nafrat asosida qilingan hujum qurboniga aylangan. Bola Uspenskaya umumta’lim maktabining 4-sinfida o‘qigan bo‘lib, hujum oqibatida voqea joyida vafot etgan.

Mazkur hodisa Tojikiston tomonidan keskin qoralandi. Shu munosabat bilan Rossiyaning Tojikistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Semyon Grigorev Tojikiston Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilib, unga rasmiy norozilik notasi topshirildi.

Notada jinoyatni zudlik bilan va xolis o‘rganish, aybdorlarni qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortish qat’iy talab qilingan. Shuningdek, Tojikistonning Rossiyadagi elchixonasi mazkur jinoyat ishi bo‘yicha tergov jarayonlarini doimiy nazoratga olganini ma’lum qildi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga ham rasmiy murojaat yo‘llangan. Tojikiston TIV marhum bolaning oilasi va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirib, xorijda yashayotgan fuqarolarining huquqlari va xavfsizligini ta’minlash davlat siyosatida ustuvor vazifa ekanini qayd etdi.

Vazirlik Rossiya Federatsiyasining vakolatli organlari mazkur voqeani to‘liq, shaffof va adolatli o‘rganishiga umid bildirdi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026