Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 8 noyabr
+17°
ясно ветер 2 м/с, В
ENRU

Ukraina dronlari Rossiyada talofat va zarar keltirdi

Dunyo
29
Ukraina dronlari Rossiyada talofat va zarar keltirdi
Ukraina qurolli kuchlari 19-dekabr, juma kuni Rossiyaning turli viloyatlariga dronlar orqali hujumlar uyushtirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu hujumlar natijasida bir qator hududlarda infratuzilma obyektlariga zarar yetkazilgan, turar joylar shikastlangan va tinch aholi orasida jabrlanganlar aniqlangan. Eng katta zarar Oryol shahrida kuzatildi.

Mahalliy issiqlik elektr stansiyasiga dronlardan biri kelib urilgan va natijada shaharning aksar qismida elektr ta’minoti to‘xtagan. Shuningdek, suv ta’minoti va isitish tizimlari ham ishlamay qolgan.

Viloyat gubernatori Andrey Klichkovning so‘zlariga ko‘ra, Sovet tumani eng ko‘p zarar ko‘rgan hududlardan biri bo‘lib, bu yerda kommunal infratuzilma jiddiy talofatga uchragan. Belgorod viloyatida dron hujumi oqibatida besh oylik chaqaloq jarohat olgan.

Lipetskda esa urib tushirilgan dron parchalari ko‘p qavatli uyga tushib, binoga zarar yetkazgan. Rostov viloyatida ham bir nechta tumanlar zarar ko‘rgan.

Taganrog shahrida beshta xususiy uy shikastlangan, uchta avtomobil yonib ketgan va yuqori kuchlanishli elektr liniyalari shikastlanishi sababli elektr ta’minoti uzilgan. Shu bilan birga, xavfsizlik choralarini kuchaytirish maqsadida Rossiyaning 10 ta aeroportida parvozlar vaqtincha cheklangan.

Bu shaharlarga Vladikavkaz, Grozniy, Magas, Samara va Yaroslavl kiradi. Hozirda barcha hududlarda favqulodda xizmatlar ish olib bormoqda va vayron bo‘lgan infratuzilmani tiklash ishlari davom etmoqda.

Jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish choralari ko‘rilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026