Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 7 noyabr
+19°
небольшая облачность ветер 2 м/с, СВ
ENRU

Maktabdagi hujum: 4-sinf o‘quvchisi halok bo‘ldi

Dunyo
66
Maktabdagi hujum: 4-sinf o‘quvchisi halok bo‘ldi
Rossiyaning Moskva viloyatidagi Odinsovo shahri yaqinida joylashgan Gorki-2 aholi punktida yuz bergan fojeali voqea jamoatchilikni larzaga soldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Maktabda pichoqli hujum uyushtirgan 15 yoshli o‘smir rasmiy tarzda hibsga olindi. Ma’lum bo‘lishicha, 18 dekabr kuni Moskva shahridagi Tver tuman sudi Tergov qo‘mitasining iltimosiga binoan, qotillik va qotillikka urinishda ayblanayotgan ushbu o‘smirni ikki oy muddatga qamoqqa olishga qaror qilgan.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 16 dekabr kuni ertalab to‘qqizinchi sinf o‘quvchisi maktab hududiga pichoq bilan kirib kelgan. U dastlab sinf xonalari bo‘ylab yurib, hujum qilish uchun qulay vaziyat qidirgan.

Uni payqagan maktab qo‘riqchisiga qarshi ko‘zni achishtiruvchi gaz ishlatib, keyin uni pichoqlagan. Shundan so‘ng o‘smir maktabning 4-sinf o‘quvchisi, tojikistonlik migrant oila farzandi Qobiljon Aliyevga hujum qilgan.

Afsuski, bola olgan og‘ir jarohatlar oqibatida halok bo‘lgan. Tergov qo‘mitasi o‘smirga nisbatan qotillik va ikki yoki undan ortiq shaxsni o‘ldirishga urinish moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.

So‘roq davomida gumonlanuvchi aybini to‘liq tan olib, hujumga oldindan reja tuzgani haqida ham ma’lumot bergan. Tergov davomida o‘smirning telefonida halok bo‘lgan o‘quvchining surati, selfilar hamda ekstremistik mazmundagi tasvirlar topilgan.

Bu holat tergovchilarning alohida e’tiborini tortgan. Fojeadan so‘ng Tojikiston va Rossiya Tashqi ishlar vazirliklari rasmiy bayonot berib, halok bo‘lgan bolaning oilasiga chuqur hamdardlik bildirdi.

Qobiljon Aliyevning jasadi 18 dekabr kuni vataniga olib kelinib, Shahrinav tumanida tuproqqa qo‘yildi. Mazkur voqea bir oilaning hayotini butunlay o‘zgartirib yubordi.

Bu kabi holatlar jamiyat uchun jiddiy ogohlantirish va zo‘ravonlikka qarshi kurashish zarurligini yana bir bor eslatib turibdi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026