Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 15 noyabr
+9°
ochiq shamol 1 m/s, sharq
ENRU

Bangladeshda gazeta ofislariga hujum: xodimlar qutqarildi

Dunyo
26
Bangladeshda gazeta ofislariga hujum: xodimlar qutqarildi
Bangladeshda ikki mashhur gazeta ofislariga hujum qilinishi natijasida xodimlar jiddiy qiyinchiliklarga duch kelishdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Hodisa payshanba kuni sodir bo‘ldi. Namoyishchilar o‘tgan haftada otib o‘ldirilgan yosh faol Sharif Osman Hadining o‘limiga norozilik bildirib, gazeta binolariga hujum qilishdi va ularni yoqib yuborishdi.

Hodisa vaqtida gazeta xodimlari nafas olishda muammolarga duch kelgan. Ayrim xodimlar binoning tomiga chiqib, bir necha soat davomida yordam kutishgan.

Ular faqat qo‘shimcha xavfsizlik kuchlari kelib, qutqarilganidan so‘ng xavfsizlikka chiqarildi. Binolarning katta qismi olovdan jiddiy zarar ko‘rgan.

Hukumat bu voqeani keskin qoralab, jinoyatchilarni javobgarlikka tortishga va’da berdi. Rasmiylar jurnalistlarga qarshi hujumni haqiqatga qarshi hujum sifatida baholab, mamlakatdagi demokratik jarayonlarni barqaror saqlash muhimligini ta’kidlashdi.

Sharif Osman Hadi 32 yoshda bo‘lib, talaba namoyishlarining yetakchilaridan biri edi. U 12 dekabr kuni niqob kiygan noma’lum shaxslar tomonidan otib o‘ldirilgan.

Bu hodisa yuzasidan tergov ishlari davom etmoqda va bir nechta shaxslar hibsga olingan.
Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026