Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 12 noyabr
+5°
облачно с прояснениями ветер 2 м/с, С
ENRU

Germaniya 535 afg‘on qochqinni qabul qilishga tayyor

Dunyo
24
Germaniya 535 afg‘on qochqinni qabul qilishga tayyor
Germaniya hukumati Pokiston hududida murakkab vaziyatda qolgan 535 nafar Afg‘oniston fuqarosini qabul qilishga tayyor ekanini e’lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu ma’lumotni Germaniya ichki ishlar vaziri Aleksandr Dobrindt tasdiqlagan. Ma’lum bo‘lishicha, bu fuqarolar 2021 yil avgust oyida “Tolibon” harakati hokimiyatni qo‘lga kiritganidan so‘ng xavfsizlik sababli o‘z vatanini tark etishga majbur bo‘lgan.

Hozirda ular Pokistonda vaqtincha yashamoqda, lekin huquqiy maqomi hanuz aniq emas. Qabul qilinishi rejalashtirilgan shaxslar orasida Germaniya Bundesveri va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilgan afg‘onlar, inson huquqlarini himoya qilgan faollar hamda xotin-qizlar huquqlari uchun faoliyat olib borgan jamoat arboblari bor.

Aleksandr Dobrindtning so‘zlariga ko‘ra, Germaniya bu fuqarolarni imkon qadar tez qabul qilishni maqsad qilgan. Ushbu qaror insonparvarlik tamoyillari asosida qabul qilingan.

Pokiston esa Germaniyaga bu afg‘onlarni dekabr oyi oxiriga qadar qabul qilish majburiyatini qo‘ygan. Aks holda, ularni Afg‘onistonga deportatsiya qilish masalasi ko‘rib chiqilishi mumkinligi haqida ogohlantirish bergan.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026