Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 12 noyabr
+5°
облачно с прояснениями ветер 2 м/с, С
ENRU

Yapon ayol sun’iy intellekt bilan ramziy nikoh qildi

Dunyo
43
Yapon ayol sun’iy intellekt bilan ramziy nikoh qildi
Yaponiyada texnologiya va inson munosabatlari bilan bog‘liq noodatiy voqea keng jamoatchilik e’tiborini tortdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

32 yoshli Yurina Noguchi ismli ayol sun’iy intellekt (SI) asosida yaratilgan raqamli personaj bilan ramziy nikoh marosimini o‘tkazdi. Noguchi koll-markazda operator bo‘lib ishlaydi va ChatGPT texnologiyasiga asoslangan Lyun Klaus Verdyur ismli sun’iy intellekt qahramonini o‘zi yaratgan.

Nikoh marosimida u och pushti rangli libos kiygan bo‘lsa, “kuyov” obrazini aqlli ko‘zoynak orqali ko‘rgan. Ushbu voqea ayolning muvaffaqiyatsiz unashtiruvidan keyin boshlangan.

Noguchi ChatGPT’dan maslahat so‘raganida, chatbot unga munosabatlarni yakunlashni tavsiya qilgan. Shundan so‘ng, Noguchi videoo‘yin qahramonining sun’iy intellektga asoslangan versiyasini yaratishga qaror qilgan.

Ular kuniga o‘nlab xabarlar almashib, o‘zaro “muloqot” qilgan. Ramziy nikoh marosimi Okayama shahrida o‘tkazilgan.

Sun’iy intellekt ovozga ega bo‘lmagani sababli uning nikoh so‘zlari tashkilotchi tomonidan o‘qib eshittirilgan. Shuni ta’kidlash lozimki, Yaponiya qonunchiligiga ko‘ra, bu nikoh huquqiy kuchga ega emas.

Noguchining qarori ijtimoiy tarmoqlarda katta bahslarga sabab bo‘ldi. Ba’zi mutaxassislar bunday holatlarni chatbotlarga haddan tashqari bog‘lanib qolish bilan izohlamoqda.

Noguchi esa sun’iy intellekt bilan munosabatlarini real hayot bilan muvozanatda saqlashga intilayotganini aytgan.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026