Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 8 noyabr
+17°
ясно ветер 2 м/с, В
ENRU

Putin: Aholi sonini oshirish dolzarb vazifa

Dunyo
29
Putin: Aholi sonini oshirish dolzarb vazifa
2023-yil 19-dekabr kuni Moskvada Rossiya prezidenti Vladimir Putin ishtirokida yil yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Anjuman davomida prezident qariyb 4,5 soat mobaynida fuqarolar va ommaviy axborot vositalari vakillarining savollariga javob berdi. U jamiyatni tashvishga solayotgan muhim masalalar, jumladan, demografiya va oilaviy qadriyatlar mavzusiga alohida e’tibor qaratdi.

Vladimir Putinning ta’kidlashicha, aholi sonining kamayishi bugungi kunda deyarli barcha rivojlangan davlatlar uchun dolzarb muammo bo‘lib qolmoqda. U Yaponiyada tug‘ilish koeffitsiyenti 0,8, Janubiy Koreyada esa 0,7 darajasida ekanini qayd etdi.

Rossiyada bu ko‘rsatkich hozirda 1,4 atrofida. Prezidentning fikricha, mamlakatda aholi sonini oshirish uchun kamida 2 koeffitsiyentga erishish zarur, ammo bu oson vazifa emasligini ta’kidladi.

Davlat rahbari bu muammoning sabablariga ham to‘xtalib o‘tdi. Unga ko‘ra, zamonaviy jamiyatda ko‘plab ayollar avval ta’lim olish, malaka oshirish va karyera qilishni maqsad qilib qo‘yishadi.

Shu sababli birinchi farzand ko‘pincha 30 yoshdan keyin tug‘iladi. Bu yoshda esa onalar jismoniy va ruhiy jihatdan charchagan bo‘lishi mumkin.

Putin jamiyatda farzandli bo‘lish, onalik va otalik qadriyatlarini targ‘ib qilish, ularni qadrli va “moda”ga aylantirish zarurligini ta’kidladi. Prezident an’anaviy qadriyatlar, jumladan, erta nikoh masalasiga ham to‘xtaldi.

U Kavkaz xalqlarining farzandlarni yoshroq paytida oila qurishga undash odatini ijobiy baholadi va bu borada Ramzan Qodirov oilasini misol sifatida keltirdi. Shu bilan birga, yosh oilalarning duch kelayotgan qiyinchiliklarini tan olgan holda, Putin oila qurish va farzand ko‘rishni ortiqcha kechiktirmaslikni tavsiya qildi.

Uning fikricha, bu qadamlar jamiyatning barqaror kelajagi va demografik muvozanatni ta’minlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026