ENRU

Rossiyada uch o‘zbekistonlikning terror rejasi fosh etildi

Dunyo
22
Rossiyada uch o‘zbekistonlikning terror rejasi fosh etildi
Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) Rostov viloyatidagi jazoni ijro etish koloniyalaridan birida rejalashtirilgan terrorchilik harakatining oldi olinganini ma’lum qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar berdi. FXX ma’lumotiga ko‘ra, ushbu ishda gumon qilinayotgan shaxslar uch nafar O‘zbekiston fuqarosidir.

Ular og‘ir jinoyatlar uchun qamoq jazosini o‘tayotgan bo‘lib, Rossiya tomonining iddaosiga ko‘ra, taqiqlangan ISHID (ISIS) terrorchilik tashkiloti tarafdorlari hisoblanadi. Xavfsizlik xizmati bayonotida qayd etilishicha, gumondorlar qamoqxona xodimlarini garovga olish va koloniyadagi binolarga o‘t qo‘yishni rejalashtirgan.

Ular bu maqsadda batafsil harakat rejasi ishlab chiqqan, ammo rejani amalga oshirishga ulgurmagan. Tintuv chog‘ida gumondorlarning yonidan terrorchilikka aloqador ramzlar tushirilgan pichoqlar va boshqa buyumlar topilgani aytilmoqda.

Rossiya xavfsizlik xizmatlari bu buyumlarni rejalashtirilgan hujum bilan bog‘lamoqda. Hozircha O‘zbekiston tomoni mazkur holat bo‘yicha rasmiy munosabat bildirmagan.

Tergov ishlari davom etmoqda va gumondorlarning aybi sud jarayonida aniqlanishi kutilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Qirg'izistondan O'zbekistonga noqonuniy go'sht olib o'tilayotgani ma'lum qilindi
Qirg'izistondan O'zbekistonga noqonuniy go'sht olib o'tilayotgani ma'lum qilindi
Qirgiziston parlamenti deputati Ulanbek Jeenbayev mamlakatdan O'zbekistonga go'sht mahsulotlari noqonuniy yo'llar bilan olib o'tilayotgani haqida bayonot berdi. Jogorku
DunyoBugun, 01:58
Boshqirdistondagi savdo majmuasida yuz bergan yong'in oqibatida to'rt kishi halok bo'ldi
Boshqirdistondagi savdo majmuasida yuz bergan yong'in oqibatida to'rt kishi halok bo'ldi
Rossiyaning Boshqirdiston Respublikasi tarkibidagi Sterlitamak shahrida joylashgan Solnechniy savdo va xizmat ko‘rsatish majmuasida 22-sentabr kuni yirik yong‘in yuz berdi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoBugun, 01:15
Lissabon sayyohlar uchun dunyodagi eng baxtli shahar deb topildi
Lissabon sayyohlar uchun dunyodagi eng baxtli shahar deb topildi
Portugaliya poytaxti Lissabon shahri sayyohlar uchun dunyodagi eng baxtli va huzurbaxsh manzil deb e'tirof etildi. BookRetreats platformasi tomonidan o‘tkazilgan
DunyoBugun, 00:42
Masjidul Harom muazzini Shayx Ibrohim al Madaniy vafot etdi
Masjidul Harom muazzini Shayx Ibrohim al Madaniy vafot etdi
Makka shahridagi Masjidul Harom muazzini Shayx Ibrohim bin Odil al-Madaniy 2024-yil 21-sentabr kuni 51 yoshida vafot etdi. Ushbu qayg‘uli xabarni Saudiya Arabistonining
DunyoBugun, 00:12
Xitoyda vafot etgan deb e'lon qilingan ayol tobutda tirildi
Xitoyda vafot etgan deb e'lon qilingan ayol tobutda tirildi
Xitoyda og‘ir xastaliklar tufayli vafot etgani aytilgan 70 yoshli ayolning sovutkichli tobutda tirilishi bilan bog‘liq g‘ayritabiiy hodisa yuz berdi. Saraton va bosh
DunyoBugun, 00:00
Dunyoda pasportsiz sayohat qilish huquqiga ega uch kishi aniqlandi
Dunyoda pasportsiz sayohat qilish huquqiga ega uch kishi aniqlandi
Dunyo bo‘ylab sayohat qilishda shaxsni tasdiqlovchi pasport eng muhim hujjat hisoblansa-da, sayyoramizda ushbu qoidadan mustasno bo‘lgan atigi uch nafar shaxs mavjud.
DunyoKecha, 03:48