Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 6 noyabr
+14°
облачно с прояснениями ветер 1 м/с, В
ENRU

Shvetsiyada o‘smir qizlar granata hujumi uyushtirdi

Dunyo
152
Shvetsiyada o‘smir qizlar granata hujumi uyushtirdi
Shvetsiyada uch nafar o‘smir qizlar tomonidan ikki marta granata hujumi sodir etilgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda “Watchers” nashri xabar berdi. Hujumlarda 14, 16 va 17 yoshli qizlar ishtirok etgan bo‘lib, ular bu harakatlarni “Super Mario” taxallusi bilan tanilgan shaxsning ko‘rsatmalariga asosan amalga oshirgan.

Birinchi hodisa 2025 yil 5 sentyabr kuni Myolndal shaharchasida ro‘y bergan. Ko‘p qavatli uy kirishiga granata tashlangan, ammo portlash sodir bo‘lmagan.

Shunga qaramay, xavfsizlik nuqtai nazaridan bino aholisi evakuatsiya qilingan. Ikkinchi hodisa esa 6 oktyabr kuni Nyodinge shahrida bo‘lib, bu safar ikki granata tashlangan.

Ulardan biri portlagan, ikkinchisi esa binoga yaqin joydan topilgan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, qizlar hujumni videoga olib, jonli efirda “Super Mario”ga uzatishgan.

Ushbu shaxs ularga SMS orqali ko‘rsatmalar berib, ruhlantirib turgan. Uchala qiz bu harakatlari uchun jami 45 ming shved kronasi olgani aniqlangan.

14 yoshli qiz ushbu hujumlarni to‘dalar o‘rtasidagi “qasos” sifatida amalga oshirganini tan olgan. Qizlar qilgan ishlaridan pushaymon ekanini bildirgan.

16 va 17 yoshli o‘smirlar jamoat xavfsizligiga tahdid solish ayblovi bilan sudga tortilgan. 14 yoshli qiz esa yoshi kichikligi sababli faqat tergov ostida qolmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026