Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 9 noyabr
+19°
пасмурно ветер 2 м/с, ЮВ
ENRU

Avstraliyada qurolli hujum qurbonlari xotirlandi

Dunyo
22
Avstraliyada qurolli hujum qurbonlari xotirlandi
Avstraliyada Sidneyning Bondi-Bich hududida sodir bo‘lgan qurolli hujum qurbonlarini xotirlash tadbirlari o‘tkazildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bir hafta avval yahudiylarning Hanukka bayrami davomida ro‘y bergan ushbu hujum oqibatida 15 kishi halok bo‘lgan va o‘nlab odamlar jarohat olgan edi. Shu sababli mamlakatda xotira kuni e’lon qilindi.

Yakshanba kuni hukumat binolarida bayroqlar yarim tushirildi, hujum boshlangan vaqtda esa bir daqiqalik sukut saqlandi. Aholiga qurbonlarni xotirlash maqsadida sham yoqish tavsiya etildi.

Bondi-Bichda o‘tkazilgan xotira marosimi kuchaytirilgan politsiya nazorati ostida amalga oshirildi. Bosh vazir Entoni Albanese mamlakatdagi huquq-tartibot va razvedka organlari faoliyatini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

Unga ko‘ra, xavfsizlikni ta’minlash uchun davlat tuzilmalari to‘liq tayyor bo‘lishi lozim. Ushbu tekshiruv natijalari kelgusi oylarda e’lon qilinishi kutilmoqda.

Rasmiylar ushbu hujumni yahudiylarga qarshi terrorchilik harakati sifatida tergov qilmoqda. Hodisadan so‘ng mamlakat bo‘ylab xavfsizlik choralari kuchaytirildi, nafratga asoslangan jinoyatlarga qarshi kurash esa qat’iylashtirildi.

Hukumat Avstraliyada zo‘ravonlik va ekstremizmga o‘rin yo‘qligini yana bir bor ta’kidladi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026