ENRU

Xabib Nurmagomedov: "Ummon menga juda yoqdi"

Dunyo
36
Xabib Nurmagomedov:
Aralash yakkakurash olamining taniqli vakili Xabib Nurmagomedov so‘nggi kunlarda Ummon davlatida bo‘lib, u yerdan olgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mashhur sportchi o‘zining Telegram sahifasida Ummonga oid fikrlarini qisqa, ammo samimiy tarzda bayon etdi. "So‘nggi ikki kundan beri Ummondaman.

Bu yer menga juda yoqdi. Imon-islomiy ruh, tinchlik va tartib darhol seziladi.

Bu mamlakatga borishni har kimga tavsiya qilaman", — deb yozdi Xabib. Xabibni Ummon nafaqat o‘zining iqlimi va tabiati, balki tinch va osoyishta hayot tarzi, mehmondo‘stlik va islomiy qadriyatlari bilan ham hayratda qoldirgani seziladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatdagi umumiy muhit sportchida iliq tuyg‘ular qoldirgan. Ma’lumot uchun, Ummon Arabiston yarim orolida joylashgan mustaqil davlat bo‘lib, uning poytaxti Maskat shahridir.

Mamlakat aholisi taxminan 5,5 million kishidan iborat. Ummon so‘nggi yillarda o‘zining tinchliksevarligi, xavfsizligi va boy madaniyati sababli sayyohlar orasida mashhur yo‘nalishlardan biriga aylangan.

Xabib Nurmagomedovning bu fikrlari esa Ummonga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishi shubhasiz.

O‘xshash yangiliklar

Yandeks kompaniyasi jiddiy inqiroz tufayli to'liq to'xtab qolish xavfi ostida turibdi
Yandeks kompaniyasi jiddiy inqiroz tufayli to'liq to'xtab qolish xavfi ostida turibdi
Rossiyaning yirik texnologik korxonasi hisoblangan Yandeks kompaniyasi o‘z faoliyatidagi eng og‘ir inqirozli davrni boshdan kechirmoqda. Soha mutaxassislarining
DunyoKecha, 18:16
Kyoln shahrida robot o‘smir qizga nisbatan tegajog‘lik qildi
Kyoln shahrida robot o‘smir qizga nisbatan tegajog‘lik qildi
Germaniyaning Kyoln shahrida 16 yoshli qizga nisbatan robot yordamida jinsiy tegajog‘lik sodir etilgani haqidagi xabar jamoatchilik va huquq-tartibot idoralari e’tiborini tortdi. Bu haqda One.uz
DunyoKecha, 16:31
Krishtianu Ronalduning O'zbekistonga kelishi uchun qat'iy xavfsizlik talablari qo'yildi
Krishtianu Ronalduning O'zbekistonga kelishi uchun qat'iy xavfsizlik talablari qo'yildi
Dunyoga mashhur futbolchi Krishtianu Ronalduning O‘zbekistonga kelishi kutilayotgani haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda. Tarqalgan
DunyoKecha, 15:44
Qashshoqlikdagi bolalar soni oshib 600 millionga yetdi
Qashshoqlikdagi bolalar soni oshib 600 millionga yetdi
Dunyo bo‘ylab 1,2 milliard kishi o‘ta qashshoqlik sharoitida kun kechirmoqda. Bir yil ichida ularning soni 51,5 million nafarga ko‘paygan. Bu haqda BMT Taraqqiyot
DunyoKecha, 14:21
BMT: global kambag‘allik 2010 yildan buyon ilk marta o‘sdi
BMT: global kambag‘allik 2010 yildan buyon ilk marta o‘sdi
BMTning global kambag‘allik ko‘rsatkichi 2010 yildan buyon ilk bor o‘sdi. BMT Taraqqiyot dasturining 12 oktyabr kuni e’lon qilgan ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab
DunyoKecha, 13:31
O‘zbekiston fuqarosi shifokor ayolni hayotdan saqlab qoldi
O‘zbekiston fuqarosi shifokor ayolni hayotdan saqlab qoldi
11 oktyabr kuni O‘zbekiston havo yo‘llariga tegishli samolyotda parvoz vaqtida favqulodda vaziyat yuzaga keldi. Ayol yo‘lovchilardan birining ahvoli to‘satdan
DunyoKecha, 12:44