Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 8 noyabr
+17°
ясно ветер 2 м/с, В
ENRU

Venesuela atrofidagi ziddiyatlar neft narxini oshirdi

Dunyo
31
Venesuela atrofidagi ziddiyatlar neft narxini oshirdi
Seshanba kuni neft narxlari oshdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu holat AQSh tomonidan Venesuela qirg‘og‘i yaqinida bir neft tankerining to‘xtatilishi bilan bog‘liq ekani aytilmoqda. Ushbu voqea neft yetkazib berishdagi noaniqlikni kuchaytirib, bozorda narxlarning ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi.

Xususan, Brent markali neft bir barreli 60,93 dollarni, AQShning West Texas Intermediate (WTI) nefti esa 56,98 dollarni tashkil qildi. Bozor mutaxassislari narxlarning oshishini bir nechta omillar bilan bog‘lamoqda.

AQShning Venesuela neft savdosiga nisbatan keskin choralar ko‘rayotgani va Rossiya-Ukraina o‘rtasidagi ziddiyatlar bozordagi vaziyatni yanada murakkablashtirmoqda. Bu omillar neft narxlarini qo‘llab-quvvatlayotgani ta’kidlanmoqda.

Shuningdek, AQSh harbiylari Venesuela yaqinida yana bir neft tankerini kuzatayotgani haqida xabar berildi. Agar bu kuzatuv muvaffaqiyatli yakunlansa, so‘nggi ikki hafta ichida uchinchi shunday operatsiya bo‘ladi.

O‘tgan hafta esa Brent va WTI narxlari taxminan 1 foizga pasaygan edi. Bundan tashqari, Ukrainada Rossiya kemasiga dron hujumi, shuningdek, AQSh, Yevropa va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralar ham neft bozoriga ta’sir qilmoqda.

Mutaxassislar ushbu voqealar global neft bozoridagi muvozanatni o‘zgartirishi va narxlarni yuqoriga ko‘tarishi mumkinligini tahmin qilishmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026