Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 8 noyabr
+17°
ясно ветер 2 м/с, В
ENRU

Rossiya Grabovskoyedagi 50 fuqaroni majburan deportatsiya qildi

Dunyo
18
Rossiya Grabovskoyedagi 50 fuqaroni majburan deportatsiya qildi
Ukrainaning Sumi viloyatidagi Grabovskoye qishlog‘ida yashovchi 50 nafar tinch aholi Rossiya harbiylari tomonidan majburan mamlakat hududidan olib chiqib ketildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda Ukraina Tashqi ishlar vaziri Andrey Sibixa va Ombudsman Dmitriy Lubines rasmiy bayonot berdi. Voqealar 18-dekabr kuni boshlangan.

Rossiya qurolli kuchlari Belgorod viloyati bilan chegaradosh bo‘lgan Grabovskoye qishlog‘ida qolgan fuqarolarni nazoratga olib, ularni aloqa vositalaridan mahrum qilgan va noinsoniy sharoitlarda ushlab turgan. 20-dekabr kuni esa 50 nafar fuqaro Rossiya hududiga majburan deportatsiya qilingan.

Garovga olinganlar orasida ko‘pchilikni keksa ayollar va erkaklar tashkil qilgan. Ukraina ushbu holatni xalqaro huquq va Jeneva konvensiyasi me’yorlariga zid harbiy jinoyat sifatida baholamoqda.

Tashqi ishlar vaziri Andrey Sibixa xalqaro tashkilotlarni ushbu holatga e’tibor qaratishga va Ukrainadan noqonuniy olib ketilgan fuqarolarni qaytarishga chaqirdi. U, shuningdek, minglab boshqa ukrainlar, jumladan, bolalarni ham zudlik bilan o‘z uylariga qaytarish talabini qo‘llab-quvvatlashga undadi.

Ombudsman Dmitriy Lubines esa Rossiyadagi inson huquqlari bo‘yicha tashkilotlarga va Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasiga rasmiy so‘rov yuborib, deportatsiya qilingan fuqarolarning qayerda saqlanayotgani va ularning salomatligi haqida ma’lumot talab qilmoqda. Grabovskoye qishlog‘ida urushdan oldin 700 ga yaqin aholi yashagan.

Hozirda qishloq to‘g‘ridan to‘g‘ri harbiy harakatlar va xavf ostida qolmoqda. Ukraina rasmiylari ushbu hodisa yuzasidan jinoiy ish ochib, tergov harakatlarini boshlagan.

Rossiya Mudofaa vazirligi esa hozircha bu haqda izoh bermagan. Mutaxassislarning fikricha, bunday harakatlar xalqaro huquqni qo‘pol ravishda buzadi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026