Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 19 noyabr
+13°
to‘liq bulutli shamol 2 m/s, shimoli-sharq
ENRU

Saudiya 24 ming pokistonlikni noqonuniy faoliyat uchun deport qildi

Dunyo
31
Saudiya 24 ming pokistonlikni noqonuniy faoliyat uchun deport qildi
Saudiya Arabistoni hukumati mamlakat hududida noqonuniy tilanchilik bilan shug‘ullangan 24 ming nafar Pokiston fuqarosini deportatsiya qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu shaxslar Umra va boshqa turdagi vizalar orqali mamlakatga kirib, keyinchalik uyushgan tilanchilik tarmoqlariga qo‘shilgan. Shunga o‘xshash holatlar boshqa davlatlarda ham qayd etilgan.

Masalan, Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) 6 ming nafar, Ozarbayjon esa taxminan 2,5 ming nafar pokistonlikni noqonuniy faoliyat tufayli ortga qaytargan. Ushbu muammo xalqaro miqyosda jiddiy muammoga aylanib borayotgani ta’kidlanmoqda.

Pokiston rasmiylarining ma’lumotiga ko‘ra, tilanchilik ayrim shaxslarning shaxsiy muammosi emas, balki jinoiy guruhlar tomonidan boshqariladigan tizimli faoliyatga aylangan. Bu tarmoqlar orqali odamlar chet elga yuborilib, noqonuniy daromad manbai sifatida ishlatilmoqda.

Pokiston hukumati bu holat mamlakatning xalqaro obro‘siga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini tan oldi. Shu sababli bunday holatlarni bartaraf etish uchun qat’iy choralar ko‘rish zarurligi ta’kidlanmoqda.

Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026