ENRU

Accor mehmonxonalarida bepul nonushta bekor qilindi

Dunyo
33
Accor mehmonxonalarida bepul nonushta bekor qilindi
Accor mehmonxona tarmog‘i o‘zining sadoqat dasturi – Accor Live Limitless (ALL) qoidalariga muhim o‘zgartirishlar kiritdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu o‘zgarishlar natijasida Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqalarida Platinum va Diamond maqomiga ega a’zolar bepul nonushta imtiyozidan foydalana olmaydi. Telegram’dagi “Nochnoy porte” kanali ma’lumotiga ko‘ra, ALL dasturining yangilangan shartlari Osiyo–Tinch okeani mintaqasidagi bir qator davlatlarda bepul nonushta siyosatini bekor qilgan.

Bu qaror nafaqat dasturning ishtirokchilari, balki mehmonxona mijozlari orasida ham savollar va munozaralarga sabab bo‘lmoqda. O‘zbekistonda Accor tarmog‘iga kiruvchi bir nechta mehmonxonalar ham ushbu o‘zgarishdan chetda qolmadi.

Xususan, Swissôtel Tashkent, Mercure Tashkent South, Mövenpick Samarkand va Mercure Bukhara Old Town mehmonxonalarida Platinum va Diamond maqomiga ega mijozlar endilikda nonushta uchun alohida to‘lov qilishlari kerak bo‘ladi. Shunga o‘xshash vaziyat Qozog‘istonda ham kuzatilmoqda.

Rixos President Astana, Swissôtel Wellness Resort Alatau Almaty, Mercure Almaty City Center, Novotel Almaty, ibis Astana va ibis Aktobe kabi mehmonxonalar ham yangi qoidalarga amal qiladi. Umuman olganda, Accor’ning bu qarori doimiy sayohat qiluvchi mijozlar uchun kutilmagan yangilik bo‘ldi.

Endi sayyohlar mehmonxona xonalari narxi bilan birga nonushta shartlarini ham oldindan hisob-kitob qilishlariga to‘g‘ri keladi.

O‘xshash yangiliklar

Bolalar qashshoqlikdagi son 617 millionga yetdi
Bolalar qashshoqlikdagi son 617 millionga yetdi
BMT Taraqqiyot dasturi (UNDP) va Oksford universiteti tadqiqotchilari tomonidan tayyorlangan hisobotga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 108 ta rivojlanayotgan davlatda 1,2 milliard kishi ko‘p o‘lchovli
DunyoBugun, 06:23
Yandeks kompaniyasi jiddiy inqiroz tufayli to'liq to'xtab qolish xavfi ostida turibdi
Yandeks kompaniyasi jiddiy inqiroz tufayli to'liq to'xtab qolish xavfi ostida turibdi
Rossiyaning yirik texnologik korxonasi hisoblangan Yandeks kompaniyasi o‘z faoliyatidagi eng og‘ir inqirozli davrni boshdan kechirmoqda. Soha mutaxassislarining
DunyoKecha, 18:16
Kyoln shahrida robot o‘smir qizga nisbatan tegajog‘lik qildi
Kyoln shahrida robot o‘smir qizga nisbatan tegajog‘lik qildi
Germaniyaning Kyoln shahrida 16 yoshli qizga nisbatan robot yordamida jinsiy tegajog‘lik sodir etilgani haqidagi xabar jamoatchilik va huquq-tartibot idoralari e’tiborini tortdi. Bu haqda One.uz
DunyoKecha, 16:31
Krishtianu Ronalduning O'zbekistonga kelishi uchun qat'iy xavfsizlik talablari qo'yildi
Krishtianu Ronalduning O'zbekistonga kelishi uchun qat'iy xavfsizlik talablari qo'yildi
Dunyoga mashhur futbolchi Krishtianu Ronalduning O‘zbekistonga kelishi kutilayotgani haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda. Tarqalgan
DunyoKecha, 15:44
Qashshoqlikdagi bolalar soni oshib 600 millionga yetdi
Qashshoqlikdagi bolalar soni oshib 600 millionga yetdi
Dunyo bo‘ylab 1,2 milliard kishi o‘ta qashshoqlik sharoitida kun kechirmoqda. Bir yil ichida ularning soni 51,5 million nafarga ko‘paygan. Bu haqda BMT Taraqqiyot
DunyoKecha, 14:21
BMT: global kambag‘allik 2010 yildan buyon ilk marta o‘sdi
BMT: global kambag‘allik 2010 yildan buyon ilk marta o‘sdi
BMTning global kambag‘allik ko‘rsatkichi 2010 yildan buyon ilk bor o‘sdi. BMT Taraqqiyot dasturining 12 oktyabr kuni e’lon qilgan ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab
DunyoKecha, 13:31