Bugun
Qashshoqlikdagi bolalar soni oshib 600 millionga yetdi
+22°
ясно ветер 3 м/с, СЗ
ENRU

Oltin narxi ilk bor 4,4 ming dollardan oshdi

Dunyo
27
Oltin narxi ilk bor 4,4 ming dollardan oshdi
22-dekabr kuni jahon moliya bozorlarida muhim voqea ro‘y berdi: oltin narxi bir unsiya uchun ilk bor 4,4 ming dollardan oshdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda Reuters xabar berdi. Mutaxassislarning aytishicha, narxning bunday o‘sishi AQSHda foiz stavkalarining yaqin orada pasayishi kutilayotgani va investorlarning xavfsiz aktivlarga qiziqishining ortishi bilan bog‘liq.

Oltin bilan birga kumush narxi ham sezilarli darajada oshdi. Bir kun ichida kumush narxi 3,3 foizga ko‘tarilib, 69,44 dollarga yetdi.

Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, yil boshidan buyon oltin narxi 67 foizga oshib, avval 3 ming, so‘ngra 4 ming dollarlik chegaralarni bosib o‘tdi. Oxirgi marta bunday o‘sish 1979-yilda kuzatilgan edi.

Kumush narxining o‘sishi yanada ta’sirli bo‘lib, yil davomida 138 foizga oshdi va oltinning o‘sish sur’atidan ham yuqori ko‘rsatkich qayd etdi. Tahlilchilar bu holatni bir qator omillar bilan izohlamoqda.

Xususan, investitsiya hajmining ortishi, bozorda taklifning cheklanganligi, geosiyosiy keskinliklar va xalqaro savdodagi noaniqliklar narxlarning oshishiga sabab bo‘lmoqda. Shuningdek, markaziy banklarning oltin zaxiralarini faol xarid qilishi ham talabni yanada kuchaytirgan.

Kelasi yilda foiz stavkalarining pasayishi kutilayotgani hamda AQSH dollarining zaiflashishi qimmatbaho metallarga bo‘lgan talabni oshirmoqda. Bu holat xorijiy investorlar uchun oltin va kumushni nisbatan arzonroq qilib, ularni xavfsiz aktiv sifatida tanlashga undamoqda.

Natijada, oltin va kumush bozoridagi o‘sish tendensiyasi yaqin kelajakda ham davom etishi mumkinligi aytilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Qashshoqlikdagi bolalar soni oshib 600 millionga yetdi
Qashshoqlikdagi bolalar soni oshib 600 millionga yetdi
Dunyo bo‘ylab 1,2 milliard kishi o‘ta qashshoqlik sharoitida kun kechirmoqda. Bir yil ichida ularning soni 51,5 million nafarga ko‘paygan. Bu haqda BMT Taraqqiyot
DunyoBugun, 14:21
BMT: global kambag‘allik 2010 yildan buyon ilk marta o‘sdi
BMT: global kambag‘allik 2010 yildan buyon ilk marta o‘sdi
BMTning global kambag‘allik ko‘rsatkichi 2010 yildan buyon ilk bor o‘sdi. BMT Taraqqiyot dasturining 12 oktyabr kuni e’lon qilgan ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab
DunyoBugun, 13:31
O‘zbekiston fuqarosi shifokor ayolni hayotdan saqlab qoldi
O‘zbekiston fuqarosi shifokor ayolni hayotdan saqlab qoldi
11 oktyabr kuni O‘zbekiston havo yo‘llariga tegishli samolyotda parvoz vaqtida favqulodda vaziyat yuzaga keldi. Ayol yo‘lovchilardan birining ahvoli to‘satdan
DunyoBugun, 12:44
NATO Italiyada «Steadfast Noon» harbiy mashg‘ulotlarini boshladi
NATO Italiyada «Steadfast Noon» harbiy mashg‘ulotlarini boshladi
Shimoliy Atlantika alyansi (NATO) Italiya hududida yadroviy tiyib turish bo‘yicha o‘zining har yilgi an’anaviy «Steadfast Noon» harbiy mashg‘ulotlarini boshladi.
DunyoBugun, 11:33
Tramp Ogayo mitingida uchinchi muddatni istashini bildirdi
Tramp Ogayo mitingida uchinchi muddatni istashini bildirdi
AQSH prezidenti Donald Trump Ogayo shtatida bo‘lib o‘tgan saylovoldi mitingida, Oq uy rahbari lavozimida uchinchi muddatga ham qolishni istashini ma’lum qildi. Ushbu
DunyoBugun, 10:37
Tramp Ukrainaning yangi prezidentga ega bo‘lish vaqti keldi deb hisoblaydi
Tramp Ukrainaning yangi prezidentga ega bo‘lish vaqti keldi deb hisoblaydi
AQSH prezidenti Donald Tramp Ukrainada davlat rahbarini almashtirish vaqti kelganini ochiq ma’lum qildi. U bayonoti Oq uy rahbari tomonidan qilingan va Newsweek jurnali
DunyoBugun, 10:14