ENRU

Ronaldu Qizil dengiz orolidan ikki villa sotib oldi

Dunyo
36
Ronaldu Qizil dengiz orolidan ikki villa sotib oldi
Saudiya Arabistonining "Al-Nassr" klubi hujumchisi va sardori Krishtianu Ronaldu o‘z hayotidagi navbatdagi katta xaridni amalga oshirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

40 yoshli portugaliyalik futbolchi Qizil dengiz hududida joylashgan Nujuma kurortidan umumiy qiymati 8 million dollarga teng ikkita zamonaviy villani sotib oldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Ronalduning yangi ko‘chmas mulki Qizil dengiz orollaridan birida joylashgan bo‘lib, orol Saudiya Arabistoni materigidan 20 kilometrdan ortiq masofada joylashgan.

Ushbu orolning o‘ziga xos jihati shundaki, unga faqat suv transporti orqali yetib borish mumkin. Bu esa joyning osoyishtaligi, tabiiy muhit bilan uyg‘unligi va xotirjamlik muhiti bilan alohida ahamiyat kasb etadi.

Ronaldu ushbu xaridni tasodifiy emasligini ta’kidladi. U va uning rafiqasi Jorjina Rodriges orolga ilk tashrif buyurgan paytidanoq bu joy bilan o‘ziga xos ruhiy yaqinlikni his qilishganini aytib o‘tdi.

"Birinchi tashrifdanoq Jorjina va men ushbu orolning betakror tabiati va osoyishta muhitiga chuqur bog‘liqlikni his qildik. Bu yer biz uchun tinchlik va halovat topadigan makon bo‘ldi", — dedi Ronaldu o‘z taassurotlari haqida.

Ma’lumki, futbolchi so‘nggi yillarda Saudiya Arabistonida nafaqat sport faoliyatini davom ettirib, balki shaxsiy hayotini ham shu yerda yo‘lga qo‘ymoqda. Nujuma orolidagi ushbu villalar esa uning Qizil dengiz sohillaridagi yangi hayot sahifasining yorqin ramzi sifatida baholanmoqda.

Muxlislar esa bu qarorni Ronalduning Saudiya Arabistonida uzoq muddat qolish niyatining yana bir isboti sifatida ko‘rmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Erdo‘g‘an koinot monopoliyati qarshi ochiq murojaat qilib, umumiy meros e’lon qildi
Erdo‘g‘an koinot monopoliyati qarshi ochiq murojaat qilib, umumiy meros e’lon qildi
Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an, koinotni harbiy maqsadlarda ishlatish, uni geosiyosiy raqobatning yangi fronti sifatida ko‘rish va bir nechta qudratli davlatlar tomonidan monopolga
DunyoBugun, 06:18
Paramount Skydance Warner Bros. Discovery bitimi yakunlandi — 111 milliard dollar qiymatda
Paramount Skydance Warner Bros. Discovery bitimi yakunlandi — 111 milliard dollar qiymatda
Gollivudda bir davrni o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan ulkan bitim amalga oshdi. Paramount Skydance Warner Bros. Discovery'ni sotib olish jarayonini yakunladi va natijada
DunyoBugun, 05:49
Buyuk Britaniya va Ozarbayjon strategik sheriklikni e'lon qildi
Buyuk Britaniya va Ozarbayjon strategik sheriklikni e'lon qildi
Buyuk Britaniya va Ozarbayjon o‘zaro munosabatlarini strategik sheriklik darajasiga oshirishga to‘liq yakdillikka erishdi. Ushbu qadam, ikki davlatning geosiyasiy va
DunyoBugun, 05:18
XVJ: G‘arb davlatlarida qarzdorlik kuchlaydi, moliya tizimi xavfli holatga yaqinlashdi
XVJ: G‘arb davlatlarida qarzdorlik kuchlaydi, moliya tizimi xavfli holatga yaqinlashdi
Yer yuzi moliya tizimi Ikkinchi jahon urushi davridan keyingi eng xavfli tarixiy cho‘qqiga yaqinlashmoqda. Singapurda bo‘lib o‘tgan yirik iqtisodiy forumda chiqish
DunyoBugun, 04:38
Yaponiyada eng sifatli uxlab dam olgan g'olibga katta pul mukofoti berildi
Yaponiyada eng sifatli uxlab dam olgan g'olibga katta pul mukofoti berildi
Yaponiyada doimiy ish tartibi va charchoqdan qiynalayotgan fuqarolar uchun g‘ayrioddiy tadbir – rasmiy uyqu musobaqasi tashkil etildi. Ushbu bellashuvda ishtirokchilar
DunyoBugun, 04:25
Dunyo bo‘ylab bolalar o‘rtasida semizlik xavfi keskin ortdi
Dunyo bo‘ylab bolalar o‘rtasida semizlik xavfi keskin ortdi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti dunyo bo‘ylab bolalar va o‘smirlar o‘rtasida semizlik muammosi xavfli darajada ortib borayotganini ma’lum qildi. So‘nggi
DunyoBugun, 03:47