ENRU

Venesuela atrofida harbiy va siyosiy keskinlik kuchaymoqda

Dunyo
33
Venesuela atrofida harbiy va siyosiy keskinlik kuchaymoqda
Venesuela atrofidagi siyosiy va harbiy keskinlik o‘zining yuqori cho‘qqisiga yetdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

AQSH prezidenti Donald Tramp tomonidan e’lon qilingan "to‘liq blokada" va Karib dengiziga harbiy kemalar yuborilishi bilan Rossiya o‘z diplomatlari va ularning oilalarini Venesueladan evakuatsiya qilayotgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Bu haqda Associated Press (AP) agentligi Yevropa razvedka manbalariga tayanib ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Venesueladagi vaziyatni "umidsiz" deb baholamoqda. Biroq, Moskva bu xabarlarni rad etdi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi vaziyat nazorat ostida ekanini ta’kidladi va Karakasdagi rossiyalik bolalar uchun tashkil etilgan Yangi yil bayrami suratlarini namoyish qildi. Donald Tramp Venesuela hukumatiga qarshi qattiq choralar ko‘rmoqda.

Vashington Maduro rejimini narkoterrorchilik va noqonuniy neft savdosida ayblab, bir necha iqtisodiy va harbiy qadamlarni tashladi. Jumladan, Venesuelaga kiruvchi va chiquvchi neft tankerlariga to‘liq blokada joriy qilindi, Karib dengiziga harbiy kuchlar safarbar qilindi va xalqaro suvlarda ikkita yirik neft tankeri to‘xtatildi.

Shuningdek, AQSH hukumati Nikolas Maduroni qo‘lga olish uchun 50 million dollar mukofot va’da qilgan. Rossiya esa Venesuelani qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda.

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov AQSHning iqtisodiy bosimiga qarshi Karakasga yordam berishga tayyorligini bildirdi. Ammo harbiy keskinlik ortib borayotgani Moskvaning Venesueladagi diplomatik missiyasi xavfsizligini xavf ostiga qo‘ymoqda.

Hozirda Oq uy Venesuelada quruqlikdagi harbiy operatsiya o‘tkazish variantlarini ham ko‘rib chiqayotgani aytilmoqda. Bu esa mintaqada yangi yirik mojaroning boshlanishiga olib kelishi mumkin.

O‘xshash yangiliklar

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari soatni orqaga surib qishki vaqtga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari soatni orqaga surib qishki vaqtga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 25 oktyabr kechasi soat millarini bir soat orqaga surib, qishki vaqt rejimiga o'tdi. Bryusselda soat 03:00 da millar 02:00 ga qaytarildi.
DunyoBugun, 01:46
AQSHda o‘zbek fuqarosi 24 ta yuk partiyasini o‘g‘irlashda ayblanib yotir
AQSHda o‘zbek fuqarosi 24 ta yuk partiyasini o‘g‘irlashda ayblanib yotir
AQSH Adliya vazirligi 33 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Nursulton Haydarovga nisbatan kamida 24 ta yirik yuk partiyasini o‘g‘irlash bo‘yicha jinoiy til biriktirish ayblovini e’lon qildi. Bu haqda
DunyoBugun, 01:26
Mask Starlinkda Ukrainaning dron boshqaruvi cheklovini tasdiqladi
Mask Starlinkda Ukrainaning dron boshqaruvi cheklovini tasdiqladi
Ilon Mask Starlink internet tizimidan Ukrainada o‘rta masofaga uchuvchi zarbdor dronlarni boshqarish uchun foydalanish imkoniyatini chekladi. Bu qarorning to‘g‘ridan
DunyoBugun, 00:44
Yaponiya Konstitutsiyasiga tarixiy o'zgarishlar kiritish rejalashtirilgan
Yaponiya Konstitutsiyasiga tarixiy o'zgarishlar kiritish rejalashtirilgan
Yaponiya hukumati Ikkinchi jahon urushi yakunlanganidan buyon o‘zgarishsiz qolayotgan mamlakat Konstitutsiyasiga tarixiy tuzatishlar kiritish yuzasidan rasmiy muzokaralarni boshladi. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 00:09
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya Federatsiyasi rahbariyati Rossiya, AQSH va Ukraina ishtirokidagi uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyorligini rasmiy ravishda e'lon
DunyoKecha, 23:38
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Albaniya poytaxti Tirana shahrida minglab fuqarolar korrupsiya, iqtisodiy qiyinchiliklar va amaldagi hukumat siyosatiga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlarini boshladi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoKecha, 16:59