ENRU

Dunyoning eng mazali oshxonalari reytingi e’lon qilindi

Dunyo
54
Dunyoning eng mazali oshxonalari reytingi e’lon qilindi
Dunyoning eng yaxshi milliy oshxonalari reytingi e’lon qilindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

TasteAtlas gastronomik platformasi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘ylab qariyb 19 mingta an’anaviy taom tahlil qilinib, eng mazali deb topilgan 100 ta milliy oshxona ro‘yxati shakllantirilgan. Reyting tasdiqlangan 590 mingdan ortiq baholarga asoslangan bo‘lib, har bir mamlakatning o‘rni foydalanuvchilar tomonidan qo‘yilgan o‘rtacha ballar asosida aniqlangan.

Shuningdek, reytingni tuzishda faqat haqiqiy foydalanuvchilarning baholari inobatga olingani va sun’iy oshirishlarning oldini olish uchun maxsus mexanizmlar qo‘llangani ta’kidlangan. TasteAtlas talqiniga ko‘ra, dunyodagi eng mazali milliy oshxonalar ro‘yxatida Italiya birinchi o‘rinni egallab, 4,64 ball bilan yetakchilik qilmoqda.

Keyingi o‘rinlarda Gretsiya (4,60), Peru (4,54), Portugaliya (4,53), Ispaniya (4,53), Yaponiya (4,49), Turkiya (4,49), Xitoy (4,48), Fransiya (4,48) va Indoneziya (4,48) kabi davlatlar joy olgan. Markaziy Osiyo mamlakatlari ichida faqat Qozog‘iston ushbu ro‘yxatga kirgan.

Qozog‘iston 98-o‘rinni egallab, o‘rtacha 3,9 ball bilan baholangan. Garchi umumiy reytingda past o‘rin qayd etilgan bo‘lsa-da, mamlakatning ayrim milliy taomlari yuqori baholanib, alohida tavsiya etilgan.

Jumladan, Markaziy Osiyo bo‘ylab mashhur bo‘lgan somsa 4,0 ball bilan baholanib, “qarsildoq xamirli, xushbo‘y hidli va mintaqaning klassik taomi” sifatida tavsiflangan.

O‘xshash yangiliklar

Bolalar qashshoqlikdagi son 617 millionga yetdi
Bolalar qashshoqlikdagi son 617 millionga yetdi
BMT Taraqqiyot dasturi (UNDP) va Oksford universiteti tadqiqotchilari tomonidan tayyorlangan hisobotga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 108 ta rivojlanayotgan davlatda 1,2 milliard kishi ko‘p o‘lchovli
DunyoBugun, 06:23
Yandeks kompaniyasi jiddiy inqiroz tufayli to'liq to'xtab qolish xavfi ostida turibdi
Yandeks kompaniyasi jiddiy inqiroz tufayli to'liq to'xtab qolish xavfi ostida turibdi
Rossiyaning yirik texnologik korxonasi hisoblangan Yandeks kompaniyasi o‘z faoliyatidagi eng og‘ir inqirozli davrni boshdan kechirmoqda. Soha mutaxassislarining
DunyoKecha, 18:16
Kyoln shahrida robot o‘smir qizga nisbatan tegajog‘lik qildi
Kyoln shahrida robot o‘smir qizga nisbatan tegajog‘lik qildi
Germaniyaning Kyoln shahrida 16 yoshli qizga nisbatan robot yordamida jinsiy tegajog‘lik sodir etilgani haqidagi xabar jamoatchilik va huquq-tartibot idoralari e’tiborini tortdi. Bu haqda One.uz
DunyoKecha, 16:31
Krishtianu Ronalduning O'zbekistonga kelishi uchun qat'iy xavfsizlik talablari qo'yildi
Krishtianu Ronalduning O'zbekistonga kelishi uchun qat'iy xavfsizlik talablari qo'yildi
Dunyoga mashhur futbolchi Krishtianu Ronalduning O‘zbekistonga kelishi kutilayotgani haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda. Tarqalgan
DunyoKecha, 15:44
Qashshoqlikdagi bolalar soni oshib 600 millionga yetdi
Qashshoqlikdagi bolalar soni oshib 600 millionga yetdi
Dunyo bo‘ylab 1,2 milliard kishi o‘ta qashshoqlik sharoitida kun kechirmoqda. Bir yil ichida ularning soni 51,5 million nafarga ko‘paygan. Bu haqda BMT Taraqqiyot
DunyoKecha, 14:21
BMT: global kambag‘allik 2010 yildan buyon ilk marta o‘sdi
BMT: global kambag‘allik 2010 yildan buyon ilk marta o‘sdi
BMTning global kambag‘allik ko‘rsatkichi 2010 yildan buyon ilk bor o‘sdi. BMT Taraqqiyot dasturining 12 oktyabr kuni e’lon qilgan ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab
DunyoKecha, 13:31