ENRU

Tojikistonda qor barsini ovlash jazosi kuchaytirildi

Dunyo
65
Tojikistonda qor barsini ovlash jazosi kuchaytirildi
Tojikistonda qor qoploni (qor barsi)ni ovlash va unga bog‘liq noqonuniy harakatlar uchun jazo choralari kuchaytirildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mamlakat parlamenti Jinoyat kodeksiga tegishli o‘zgartirishlar kiritdi. Bu haqda parlamentning rasmiy nashri "Sadoi mardum" ma’lum qildi.

Yangi tahrirga muvofiq, Jinoyat kodeksining 232-1-moddasi endi “Qor barsini ovlash, qasddan yo‘q qilish, shuningdek, uni noqonuniy olish, saqlash, topshirish yoki sotish” deb nomlanadi. Ilgari ushbu modda faqat ov qilish va qasddan nobud etish holatlarini qamrab olgan edi.

Endilikda bu turdagi qonunbuzarliklar uchun 1200–1800 hisoblash ko‘rsatkichi (117–175 million so‘m) miqdorida jarima yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosini qo‘llash belgilangan. Ilgari jarima miqdori 800–1200 hisoblash ko‘rsatkichi (78–117 million so‘m) bilan cheklangan edi.

Agar jinoyat takroran sodir etilsa, jazo yanada og‘irlashtiriladi. Bunday holatda 2000–3000 hisoblash ko‘rsatkichi (195–292 million so‘m) miqdorida jarima yoki 4 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi qo‘llanadi.

Bundan tashqari, aybdorlar 5 yilgacha muayyan lavozimlarda ishlash yoki ayrim faoliyat turlari bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilinishi mumkin. Shuningdek, Jinoyat kodeksining 236-moddasiga ham o‘zgartirishlar kiritildi.

Endi alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarga juda katta zarar yetkazilgan holatlarda jarima miqdori 500 hisoblash ko‘rsatkichi (48,7 million so‘m)gacha oshirildi. Bu chora-tadbirlar tabiiy muhitni muhofaza qilish va noyob hayvon turlarini asrashga qaratilgan.

O‘xshash yangiliklar

Irkutskda laboratoriya xodimi o‘limi yuzasidan JSST xulosasi e’lon qilindi
Irkutskda laboratoriya xodimi o‘limi yuzasidan JSST xulosasi e’lon qilindi
Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘latga qarshi ilmiy-tadqiqot markazi xodimasining o‘limi bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti o‘z xulosalarini e’lon qildi. Bu haqda
DunyoBugun, 13:59
O‘zbekiston Ar-Riyod aeroportiga qilingan hujumni keskin qoraladi
O‘zbekiston Ar-Riyod aeroportiga qilingan hujumni keskin qoraladi
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahridagi Podshoh Xolid xalqaro aeroportiga husiylar tomonidan amalga oshirilgan hujumni keskin qoralab chiqdi.
DunyoBugun, 13:29
Kiyevda raketa qulagan joydan o'tgan erkak omon qoldi
Kiyevda raketa qulagan joydan o'tgan erkak omon qoldi
Kiyev viloyatidagi ko‘p qavatli uy hovlisida sodir bo‘lgan portlashda mahalliy fuqaro mo‘jiza tufayli omon qoldi. Kuzatuv kameralari qayd etgan tasvirlarda
DunyoBugun, 12:31
Saudiya Arabistoni poytaxtida navbatdagi qaqshatqich zarbasi 12 halok, 309 jarohatga olib keldi
Saudiya Arabistoni poytaxtida navbatdagi qaqshatqich zarbasi 12 halok, 309 jarohatga olib keldi
Yaqin Sharq mintaqasida harbiy qarama-qarshilik darajasi juda yuqori darajada yetgan. Yamandagi husiychilar Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahridagi xalqaro
DunyoBugun, 10:31
Tramp Zelenskiyga neft qayta ishlash hujumlarini ogohlantirdi
Tramp Zelenskiyga neft qayta ishlash hujumlarini ogohlantirdi
AQSH prezidenti Donald Trump Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan o‘rtasidagi munosabatlar bo‘yicha yangi sharhlar bildirdi. U Washingtondagi harbiy bazada
DunyoBugun, 09:40
Ukraina elchini Seulda chaqirib olindi, Vositachi AQSH tavsiya qilindi
Ukraina elchini Seulda chaqirib olindi, Vositachi AQSH tavsiya qilindi
Ukraina va Janubiy Koreya orasidagi diplomatik munosabatlar 8 oktyabrda jiddiy darajada siqindi, chunki Seul Kiyevdagi elchinini rasman chaqirib oldi. Bu qadam,
DunyoBugun, 04:32