Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 19 noyabr
+13°
to‘liq bulutli shamol 2 m/s, shimoli-sharq
ENRU

Mayduguridagi masjidda portlash: 7 kishi halok bo‘ldi

Dunyo
26
Mayduguridagi masjidda portlash: 7 kishi halok bo‘ldi
Nigeriyaning shimoli-sharqida joylashgan Mayduguri shahridagi masjidda portlash yuz berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu fojia natijasida kamida yetti kishi halok bo‘ldi. Bu haqda BBC ma’lumot tarqatdi.

Hodisa 24-dekabr kuni soat 18:00 atrofida sodir bo‘lgan. Portlash Gamboru bozori hududida joylashgan, odamlar bilan to‘la masjidda, shom namozidan oldin yuz bergan.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, portlash kutilmaganda ro‘y bergan va masjid ichida katta sarosima yuzaga kelgan. Politsiya vakili Nahum Daso voqeani tasdiqladi va ayni paytda mutaxassislar voqea joyida tekshiruv ishlarini olib borayotganini bildirdi.

Ayrim guvohlar bu hujumni xudkush terrorchi amalga oshirgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilishmoqda. Rasmiylar yaradorlar soni haqida aniq ma’lumot bermagan, ammo ular bir necha o‘n nafar bo‘lishi mumkinligini aytishgan.

Mahalliy politsiya rahbari Babakura Kolo hodisani terrorchilik harakati sifatida baholadi. Biroq hozircha hech bir guruh ushbu hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgani yo‘q.

Ta’kidlash joizki, Mayduguri shahri Borno shtatining markazi hisoblanadi. Ushbu hudud avval Boko Haram va Islamic State West Africa Province kabi terrorchi guruhlar faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan.

So‘nggi yillarda shahar nisbatan tinchlikka erishgan edi, ammo bu fojia yana xavotirlarni kuchaytirdi.
Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026