Bugun
Markaziy bank 1 million so'mlik pul haqida axborotni rad etdi
+15°
ясно ветер 3 м/с, С
ENRU

Tojikiston-Afg‘oniston chegarasida qurolli to‘qnashuv: 5 halok bo‘ldi

Dunyo
28
Tojikiston-Afg‘oniston chegarasida qurolli to‘qnashuv: 5 halok bo‘ldi
24-dekabrga o‘tar kechasi Tojikiston va Afg‘oniston chegarasida qurolli to‘qnashuv yuz berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu hodisa Tojikistonning Shamsiddin Shohin tumanida sodir bo‘lgan. Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi bergan ma’lumotga ko‘ra, voqea oqibatida ikki nafar tojikistonlik halok bo‘lgan.

Afg‘oniston tomondan uch nafar qurollangan shaxs Tojikiston chegarasidagi postga hujum qilgan. Ular chegara xodimlarining taslim bo‘lish haqidagi buyrug‘iga bo‘ysunmasdan, qurolli qarshilik ko‘rsatgan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu shaxslar chegaraga hujum qilishni avvaldan rejalashtirgan. To‘qnashuv davomida uchala shaxs zararsizlantirilgan.

Hodisa joyidan miltig‘lar, avtomatlar, qo‘l granatalari, portlovchi moddalar va boshqa o‘q-dorilar musodara qilingan. To‘qnashuvda Tojikistonning “Sarichashma” harbiy qismida xizmat qilgan 28 yoshli Ismatullo Qurbunov va 33 yoshli Zirebon Navro‘zbekov halok bo‘lgan.

Bu so‘nggi bir oy ichida Tojikiston va Afg‘oniston chegarasida sodir bo‘lgan uchinchi qurolli to‘qnashuvdir. Tojikiston hukumati Afg‘onistondagi “Tolibon” rahbariyatini chegarada xavfsizlikni ta’minlash choralarini kuchaytirishga chaqirdi.

Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi chegarachilar mamlakat himoyasini ta’minlash uchun barcha zarur imkoniyatlarga ega ekanligini qayd etdi.

O‘xshash yangiliklar

Tramp Atlantika okeani nomini o'zgartirish taklifini rad etgan
Tramp Atlantika okeani nomini o'zgartirish taklifini rad etgan
AQSH prezidenti Donald Tramp Atlantika okeani nomini o'zgartirish taklifi bilan Google bosh direktori Sundar Pichai'ga murojaat qilganini aytdi. The Guardian nashriyoti
DunyoBugun, 19:33
Japarov fuqaro shikoyatiga javob berdi: «Men bittaman, sizlar 7,5 million»
Japarov fuqaro shikoyatiga javob berdi: «Men bittaman, sizlar 7,5 million»
Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov shaxsiy qabuliga kira olmayotgan fuqaroning shikoyatiga ochiq va keskin javob berdi. Davlat rahbari mamlakat aholisi
DunyoBugun, 16:28
Xitoy Tibetida zilzila 16 kishi halok 54 kishi yaralandi
Xitoy Tibetida zilzila 16 kishi halok 54 kishi yaralandi
Xitoyning Tibet avtonom mintaqasida 7 magnitudali kuchli zilzila sodir bo'lib, bu tabiiy ofat ko'plab inson hayotiga olgan va jiddiy talofatlar keltirgan. So'nggi
DunyoBugun, 12:40
Tojikiston sehr-jadu va firibgarlikka qarshi kurash e'lon qildi
Tojikiston sehr-jadu va firibgarlikka qarshi kurash e'lon qildi
Tojikiston Ichki ishlar vazirligi aholi orasida tarqalgan xurofot, sehr-jodu va firibgarlikka qarshi keng miqyosli kurash e'lon qildi. Vazirlik rasmiy ma'lumotiga
DunyoBugun, 12:33
Belgrad ko‘chalari 150 ming fuqaro ishtiroki bilan namoyish maydoniga aylandi
Belgrad ko‘chalari 150 ming fuqaro ishtiroki bilan namoyish maydoniga aylandi
Serbiya poytaxti Belgrad ko‘chalari 22 oktyabr kuni 150 mingga yaqin fuqaroning ishtirokida katta namoyish maydoniga aylandi. Muxolifat va norozilik harakatlari
DunyoBugun, 11:35
Yaponiya politsiyasi xavfli plastik to‘pponchalarni avtomatlardan qaytarib olmoqda
Yaponiya politsiyasi xavfli plastik to‘pponchalarni avtomatlardan qaytarib olmoqda
Yaponiyada sovrinli avtomatlarda tarqatilgan 16 mingtagacha plastik o‘yinchoq to‘pponchaning haqiqiy o‘q-dorilarni otish qobiliyatiga ega ekanligi aniqlangach, Yaponiya Milliy politsiya agentligi
DunyoBugun, 10:15