Bugun
Apple iPhone Duo ekranida nosozliklar aniqlandi
+12°
ясно ветер 1 м/с, ЮЗ
ENRU

Italiyada Melonining sovg‘alar auksioni bekor qilindi

Dunyo
30
Italiyada Melonining sovg‘alar auksioni bekor qilindi
Italiya bosh vaziri Jorja Meloni xizmat safari davomida olgan qimmatbaho sovg‘alarni auksion orqali sotishni rejalashtirgan edi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ammo ushbu reja bekor qilindi. Sababi, savdoni o‘tkazishi kerak bo‘lgan auksion uyi jinoiy tergovga tortilgan.

Sotuvga qo‘yilishi rejalashtirilgan buyumlar orasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan hadya qilingan qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan marjon ham bor edi. Ushbu sovg‘a Meloniga 2025 yil may oyida uning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi chog‘ida topshirilgan.

Italiya qonunchiligiga ko‘ra, bosh vazir xorijiy davlat rahbarlaridan olingan va qiymati 300 yevrodan oshadigan sovg‘alarni shaxsiy mulk sifatida saqlay olmaydi. Bunday sovg‘alar davlat tasarrufida saqlanadi va faqat alohida hollarda ochiq savdoga chiqariladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bekor qilingan auksiondan taxminan 800 ming yevro tushum olinishi va tushgan mablag‘ning katta qismi xayriya maqsadlariga yo‘naltirilishi rejalashtirilgan edi. Biroq hozirda bu tashabbus noma’lum muddatga qoldirildi.

O‘xshash yangiliklar

Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Albaniya poytaxti Tirana shahrida minglab fuqarolar korrupsiya, iqtisodiy qiyinchiliklar va amaldagi hukumat siyosatiga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlarini boshladi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoBugun, 16:59
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi Coral Hart suniy intellekt vositalaridan foydalanib, 20 oy ichida 370 dan ortiq kitob yaratgan. AFP ma'lumotlariga ko'ra, 2026 yil boshidan
DunyoBugun, 15:33
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 24 oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Xitoy Xalq Respublikasiga keldi. U Yangi Yalu daryosi ko‘prigi orqali Dandong shahriga
DunyoBugun, 11:51
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil hukumati 1967 yildagi "Olti kunlik urush"dan bu yana Gʻarbiy Sohilda eng miqyosli harbiy amaliyotni boshlash va falastinlik aholiни majburiy koʻchirishga hozirlik koʻrmoqda. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 11:27
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 25 oktyabr kuni yozgi vaqt rejimidan qishgi vaqt rejimiga o‘tib, soat millarini bir soat orqaga surdi. Shu sababli Markaziy Yevropa
DunyoBugun, 10:59
Fransiyada norozlik kuchayib 70 ming xavfsizlik kuchi jalb qilindi
Fransiyada norozlik kuchayib 70 ming xavfsizlik kuchi jalb qilindi
Fransiyada hukumat siyosatiga qarshi keng qamrovli ijtimoiy norozilik to‘lqini boshlandi. Mamlakat bo‘ylab 400 mingdan ortiq fuqaro ko‘chalarga chiqib, o‘z talablarini
DunyoBugun, 10:29