Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 25 noyabr
+13°
qisman bulutli shamol 2 m/s, shimol
ENRU

Oqtovdagi samolyot halokati bo‘yicha tergov xulosasi e’lon qilindi

Dunyo
35
Oqtovdagi samolyot halokati bo‘yicha tergov xulosasi e’lon qilindi
Qozog‘iston Transport vazirligi 2024-yil 25-dekabr kuni Oqtov yaqinida sodir bo‘lgan aviahalokat bo‘yicha dastlabki tergov natijalarini e’lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Halokat «Azerbaijan Airlines» aviakompaniyasiga tegishli Embraer 190 samolyoti bilan yuz berdi. Bokudan Grozniyga yo‘l olgan samolyot bortida jami 67 kishi bo‘lgan.

Fojia natijasida 38 kishi, jumladan, 3 nafar ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, 29 nafar yo‘lovchi esa turli darajadagi jarohatlar bilan omon qoldi. Halokat Ukraina dronlarining Kavkaz hududiga hujumi vaqtida sodir bo‘lgani aytilmoqda.

Samolyot yo‘nalishini Kaspiy dengizi orqali Qozog‘iston tomonga o‘zgartirgan vaqtda fojia yuzaga kelgan. Xalqaro komissiya (Ozarboyjon, Rossiya, Braziliya va ICAO vakillari) tomonidan olib borilgan tekshiruvlarda samolyotning konstruksiyasida jangovar qurol ta’siriga o‘xshash shikastlanish izlari aniqlangan.

Gidravlik tizim quvurlarida begona metall jismlar tufayli teshiklar hosil bo‘lgani qayd etilgan. Ammo ushbu qurolning kimga tegishli ekanligi hozircha aniqlanmadi.

Mazkur voqea Ozarboyjon va Rossiya o‘rtasida siyosiy tortishuvlarga sabab bo‘lmoqda. Ozarboyjon samolyot Rossiya havo mudofaa tizimi raketasi bilan urib tushirilgani ehtimolini ilgari surmoqda.

Rossiya esa tergov yakuniga qadar xulosa chiqarishga shoshilmaslikka chaqirmoqda. Hozirda ikki yo‘nalishda izlanishlar olib borilmoqda: mojaro hududlarida parvoz xavfsizligini tahlil qilish va samolyotning gidravlik tizimini rekonstruksiya qilish.

Tergovning yakuniy hisobotini 2025-yil oxiriga qadar Qozog‘iston Transport vazirligi e’lon qilishi kutilmoqda. Sizningcha, harbiy mojarolar davom etayotgan hududlar yaqinida fuqarolik aviatsiyasi parvozlarini butunlay taqiqlash kerakmi?

Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026