ENRU

O‘zbekiston oshxonasi yana TasteAtlas reytingidan chetda qoldi

Dunyo
61
O‘zbekiston oshxonasi yana TasteAtlas reytingidan chetda qoldi
TasteAtlas tomonidan e’lon qilingan dunyoning 100 ta eng yaxshi oshxonasi reytingi yana muhokamalarga sabab bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Afsuski, bu safar ham O‘zbekiston milliy oshxonasi ushbu nufuzli ro‘yxatdan o‘rin ololmadi. Mazkur reyting 19 mingdan ortiq taom va yarim milliondan ziyod foydalanuvchi tomonidan berilgan baholar asosida tuzilgan.

Reytingda dunyoning eng mashhur va ommaviy oshxonalari yetakchilik qilmoqda. Mutaxassislar bu natijani asrlar davomida shakllangan brend, kuchli gastronomik marketing va xalqaro ommalashuv omillari bilan izohlashmoqda.

Markaziy Osiyo mintaqasidan faqat Qozog‘iston milliy oshxonasi ro‘yxatga kirishga muvaffaq bo‘lgan. U 98-o‘rinni egallab, samosa, suvjo‘q, lag‘mon, kespe va bo‘rsak kabi taomlari bilan e’tirof etilgan.

O‘zbekiston oshxonasi esa xalqaro reytinglarda yetarlicha aks etmayotgani haqida avval ham bahslar bo‘lgan. Masalan, joriy yil fevral oyida o‘zbek taomlaridan biri — achchiq-chuchuk salati TasteAtlas tuzgan “dunyoning eng yomon taomlari” ro‘yxatida 43-o‘rinni egallagan edi.

Bu holat jamoatchilikda turli munozaralarga sabab bo‘lgan. Mutaxassislarning fikricha, O‘zbekiston oshxonasining reytinglarda kam ko‘rinishi uning ta’mi yoki an’analari bilan bog‘liq emas.

Asosiy muammo global targ‘ibot va marketingning yetarli darajada olib borilmayotganidadir. Palov, somsa va lag‘mon kabi taomlar xalqaro miqyosda sevib iste’mol qilinsa-da, global reytinglarda muvaffaqiyatga erishish uchun mazadan tashqari marketing ham katta ahamiyatga ega.

Shu bois, endilikda asosiy masala — milliy oshxonamizni dunyoga qanday tanitishda.

O‘xshash yangiliklar

Yandeks kompaniyasi jiddiy inqiroz tufayli to'liq to'xtab qolish xavfi ostida turibdi
Yandeks kompaniyasi jiddiy inqiroz tufayli to'liq to'xtab qolish xavfi ostida turibdi
Rossiyaning yirik texnologik korxonasi hisoblangan Yandeks kompaniyasi o‘z faoliyatidagi eng og‘ir inqirozli davrni boshdan kechirmoqda. Soha mutaxassislarining
DunyoKecha, 18:16
Kyoln shahrida robot o‘smir qizga nisbatan tegajog‘lik qildi
Kyoln shahrida robot o‘smir qizga nisbatan tegajog‘lik qildi
Germaniyaning Kyoln shahrida 16 yoshli qizga nisbatan robot yordamida jinsiy tegajog‘lik sodir etilgani haqidagi xabar jamoatchilik va huquq-tartibot idoralari e’tiborini tortdi. Bu haqda One.uz
DunyoKecha, 16:31
Krishtianu Ronalduning O'zbekistonga kelishi uchun qat'iy xavfsizlik talablari qo'yildi
Krishtianu Ronalduning O'zbekistonga kelishi uchun qat'iy xavfsizlik talablari qo'yildi
Dunyoga mashhur futbolchi Krishtianu Ronalduning O‘zbekistonga kelishi kutilayotgani haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda. Tarqalgan
DunyoKecha, 15:44
Qashshoqlikdagi bolalar soni oshib 600 millionga yetdi
Qashshoqlikdagi bolalar soni oshib 600 millionga yetdi
Dunyo bo‘ylab 1,2 milliard kishi o‘ta qashshoqlik sharoitida kun kechirmoqda. Bir yil ichida ularning soni 51,5 million nafarga ko‘paygan. Bu haqda BMT Taraqqiyot
DunyoKecha, 14:21
BMT: global kambag‘allik 2010 yildan buyon ilk marta o‘sdi
BMT: global kambag‘allik 2010 yildan buyon ilk marta o‘sdi
BMTning global kambag‘allik ko‘rsatkichi 2010 yildan buyon ilk bor o‘sdi. BMT Taraqqiyot dasturining 12 oktyabr kuni e’lon qilgan ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab
DunyoKecha, 13:31
O‘zbekiston fuqarosi shifokor ayolni hayotdan saqlab qoldi
O‘zbekiston fuqarosi shifokor ayolni hayotdan saqlab qoldi
11 oktyabr kuni O‘zbekiston havo yo‘llariga tegishli samolyotda parvoz vaqtida favqulodda vaziyat yuzaga keldi. Ayol yo‘lovchilardan birining ahvoli to‘satdan
DunyoKecha, 12:44