ENRU

Masjidul Haramda o‘z joniga qasd qilishga urinish yuz berdi

Dunyo
134

Masjidul Haramda o‘z joniga qasd qilishga urinish yuz berdi

Saudiya Arabistoni Ichki ishlar vazirligi Makka shahridagi Masjidul Haramning yuqori qavatidan bir erkak o‘zini tashlagani haqida rasmiy xabar berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. 

Ushbu voqea haqida "Khaleej Times" nashri ma’lumot tarqatdi. Masjidul Haram xavfsizligini ta’minlash uchun mas’ul bo‘lgan maxsus kuchlar bergan ma’lumotga ko‘ra, erkak o‘z joniga qasd qilish maqsadida binoning yuqori qismidan sakragan.

Hodisa paytida yaqin atrofda bo‘lgan xavfsizlik xodimi uning yerga qattiq zarba bilan tushishining oldini olishga harakat qilgan. Shu jarayonda xavfsizlik xodimi ham jarohat olgan.

Hozirda har ikkisi shifoxonaga joylashtirilib, ularga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Voqea yuzasidan tegishli huquqiy tekshiruv ishlari yakuniga yetkazilgan.

Mazkur hodisaga munosabat bildirgan Masjidul Haram bosh imomi Abdur Rahmon as Sudays ziyoratchilarni muqaddas joy qoidalariga qat’iy rioya qilishga chaqirdi. U ziyoratchilarni belgilangan tartib-intizomni saqlashga va muqaddas maskanda bo‘lganda faqat ibodat va toatga e’tibor qaratishga undadi.

Bosh imom, shuningdek, Islom shariatining asosiy maqsadlaridan biri inson hayotini muhofaza qilish ekanini qayd etdi. U Alloh taoloning “O‘z qo‘llaringiz bilan o‘zlaringizni halokatga tashlamang” mazmunidagi oyatini eslatib, hayot inson uchun eng ulug‘ ne’mat ekanini ta’kidladi.

O‘xshash yangiliklar

Yandeks kompaniyasi jiddiy inqiroz tufayli to'liq to'xtab qolish xavfi ostida turibdi
Yandeks kompaniyasi jiddiy inqiroz tufayli to'liq to'xtab qolish xavfi ostida turibdi
Rossiyaning yirik texnologik korxonasi hisoblangan Yandeks kompaniyasi o‘z faoliyatidagi eng og‘ir inqirozli davrni boshdan kechirmoqda. Soha mutaxassislarining
DunyoBugun, 18:16
Kyoln shahrida robot o‘smir qizga nisbatan tegajog‘lik qildi
Kyoln shahrida robot o‘smir qizga nisbatan tegajog‘lik qildi
Germaniyaning Kyoln shahrida 16 yoshli qizga nisbatan robot yordamida jinsiy tegajog‘lik sodir etilgani haqidagi xabar jamoatchilik va huquq-tartibot idoralari e’tiborini tortdi. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 16:31
Krishtianu Ronalduning O'zbekistonga kelishi uchun qat'iy xavfsizlik talablari qo'yildi
Krishtianu Ronalduning O'zbekistonga kelishi uchun qat'iy xavfsizlik talablari qo'yildi
Dunyoga mashhur futbolchi Krishtianu Ronalduning O‘zbekistonga kelishi kutilayotgani haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda. Tarqalgan
DunyoBugun, 15:44
Qashshoqlikdagi bolalar soni oshib 600 millionga yetdi
Qashshoqlikdagi bolalar soni oshib 600 millionga yetdi
Dunyo bo‘ylab 1,2 milliard kishi o‘ta qashshoqlik sharoitida kun kechirmoqda. Bir yil ichida ularning soni 51,5 million nafarga ko‘paygan. Bu haqda BMT Taraqqiyot
DunyoBugun, 14:21
BMT: global kambag‘allik 2010 yildan buyon ilk marta o‘sdi
BMT: global kambag‘allik 2010 yildan buyon ilk marta o‘sdi
BMTning global kambag‘allik ko‘rsatkichi 2010 yildan buyon ilk bor o‘sdi. BMT Taraqqiyot dasturining 12 oktyabr kuni e’lon qilgan ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab
DunyoBugun, 13:31
O‘zbekiston fuqarosi shifokor ayolni hayotdan saqlab qoldi
O‘zbekiston fuqarosi shifokor ayolni hayotdan saqlab qoldi
11 oktyabr kuni O‘zbekiston havo yo‘llariga tegishli samolyotda parvoz vaqtida favqulodda vaziyat yuzaga keldi. Ayol yo‘lovchilardan birining ahvoli to‘satdan
DunyoBugun, 12:44